So’nggi yangiliklar

18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  1 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  0 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  1 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  4 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  4 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  5 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  3 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  0 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  10 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  2 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  5 13:14"Ал Иттиҳод" – "Насаф" беллашуви кореялик ҳакамларга топширилди  1

Ro'ziqul Berdiev: "Hisobda oldinda bora turib ham uni ushlab qololmadik" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Hisobda oldinda bora turib ham uni ushlab qololmadik"

Superliganing 26-turidan o'rin olgan "Nasaf" – "Metallurg" (1:2) uchrashuvidan so'ng qarshiliklar ustozi Ro'ziqul Berdiev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Mag'lubiyatga uchradik. Jamoa jismonan va ruhan tayyor bo'lmasa, hech narsa o'xshamaydi. Bizda nechanchi o'yindirki shunday holat kuzatilmoqda. Bugungi o'yinda hisobda oldinda bora turib ham uni ushlab qololmadik. Biz raqib darvozasi oldida xavf yaratolmadik. SHu sababli mag'lubiyat qabul qilib oldik", – dedi Berdiev. 

- Jamoa chempion bo'lgan bo'lsa, yigitlarda qanday tushkunlik bo'lishi mumkin? Bolalar o'rtasida qandaydir kelishmovchilik bormi?

- Yo'q, kelishmovchilik yo'q. Hammasini nazorat qilyapmiz, faqat yigitlarda oldingidek ishtiyoq ko'zga tashlanmadi. Bu natijaga tasir qildi. Hozir futbolchilarni muhokama qilib, ularni aybdor sifatida ko'rsatmoqchi emasman. Ularga mavsum uchun rahmat. Lekin barchasi uchun murabbiy javobgar. Ayni paytda og'ir davrni boshdan kechiryapmiz. Bu murabbiylar uchun qattiq zarba bo'lmoqda. Futbolchilar maydonda xato qilyapti, yo'q joydan gollar o'tkazyapti. Men bunga urg'u berib, ularning xatolarini muhokama qilib o'tirmoqchi emasman.

- Bir vaqtlar Qashqadaryo viloyatining 3 jamoasi Superligada qatnashardi. Yana ushbu voqelikka yaqinmiz. 4 dekabr kuni "SHo'rtan" – "Olimpik" uchrashuvi bo'lib o'tadi. SHu uchrashuv va "Mashal"ning Superligaga chiqqani haqida fikr bildirsangiz...

- Bu, albatta, Qashqadaryo viloyati uchun yoqimli. "SHo'rtan" o'tish bahsida "Olimpik" bilan, "Qo'qon-1912" "Metallurg" bilan bellashadi. Barcha jamoalarimizhga omad tilaymiz. Bu viloyatimizda futbolga berilayotgan etibordan dalolat. O'ylaymanki, "Mashal" Superligada o'ynash tajribasiga ega. Jamoa tarkibni kuchaytirib, o'ziga yarasha yaxshi o'rinlarda boradi deb o'ylayman. 

- "Nasaf"ning keyingi mavsumdagi maqsadlari haqida nima deya olasiz?

- Hozir bu narsa haqida aniq fikr bildirolmayman. Buni ko'proq klubdan so'rash kerak. Hozircha murabbiy sifatida bir narsa deyolmayman.


Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика