So’nggi yangiliklar

08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчига таклиф билан чиқди  0 08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  2 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  1 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  3 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3

Ro'ziqul Berdiev: "Hisob bundan ham yirikroq bo'lishi mumkin edi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Hisob bundan ham yirikroq bo'lishi mumkin edi"

"Nasaf"-"So'g'diyona" (4:0) uchrashuvi nihoyasiga etkach, murabbiylar o'yin haqidagi fiklarini bildirishdi. Avvalo jamoamiz murabbiyi Ro'ziqul Sadullaevich o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

-Bugungi o'yinda biz raqibga bosim o'tkaza oldik. Raqibni xato qilishga majbur qildik. Birinchi bo'lim o'rtalarida  o'yinimizni bo'shashtirib yubordik. Raqib esa bundan foydalanishga harakat qildi va vaziyatlar yaratishga urindi.

Bugungi uchrashuvdagi g'alaba haqli ravishda qo'lga kiritildi. Uchrashuv hisobi bundan ham yirikroq bo'lishi mumkin edi. Ammo shogirdlarim bir qancha vaziyatlardan unumli foydalana olmadilar. Bugun yigitlar maydonda erkin harakat qilishdi.

Biz jamoaviy o'yin namoyish etamiz. Maydonga tushgan barcha o'yinchilarimiz o'zlariga yuklatilgan vazifalarni to'liq ado etishdi. Bugungi g'alabaga hamma birdek hissa qo'shdi.

Jarohati tufayli keyingi paytlarda Farruh Sayfiev xizmatidan foydalana olmayapmiz. SHukurki, u hozir umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi. Umid qilamanki, keyingi o'yinlarimizda ushbu tajribali o'yinchimiz maydonga tushishga tayyor bo'lib qoladi. Darvozabonimiz Eldorbek Suyunov hozir to'liq mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda. U maydonga tushishga tayyor. U keyingi o'yinlarda bizga albatta yordam beradi.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика