Ro'ziqul Berdiev: “G'ulomxo'jaev jamoamiz yig'inida qatnashdi xolos”
02 jan 2014 19:57
Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “G'ulomxo'jaev jamoamiz yig'inida qatnashdi xolos”
O'tgan mavsumni bronza medali bilan yakunlagan “Nasaf” tayyorgarlikning ikkinchi qismiga ertadan kirishadi.
Bu haqda bosh murabbiy "SA"ga malum qildi.
- Ha to'g'ri, Aziz G'ulomxo'jaev dekabr oyidagi yig'inimizda ishtirok etdi – deydi Ro'ziqul Berdiev. – Bilasizmi, mavsumni “SHo'rtan”da yakunlagan bu himoyachi jamoamizda ko'rikdan o'tish uchun kelgan. Hozircha shartnoma imzolanmadi. Aziz rejaga ko'ra ertangi boshlanajak yig'inimizga ham kelishi kerak. Agarda kelsa, uni sinovdan o'tkazamiz. Harakatlari maqul kelsagina shunda shartnoma xususida gaplashishimiz mumkin.
- Undan tashqari yana yangilardan kimlar kelishi to'g'risida malumot bera olmayman. Oldin kelishsin, mashg'ulotlarga qo'shilsin so'ngra hammasini bilib olasizlar.
- Rahmatullo Berdimurodov, Samandar SHodmonov, Zohid Abdullaev... kabi o'yinchilarning ham ketadi deya olmayman. Bu masala ochig'i ko'rib chiqilgani yo'q. Umuman olganda hozir kunga qadar hech qaysi futbolchi bilan rasman xayrlashmadik. Ikkinchi yig'in davomida bu kabi masalalarga oydinlik kiritamiz – deydi “Nasaf” jamoasi ustozi Berdiev.
Islombek Rustambekov yozib oldi.

Fikrlar