So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  3 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  66 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  10 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

Ro'ziqul Berdiev: “Futbolchilar moliyaviy ahvol haqida o'ylashmayapti” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Futbolchilar moliyaviy ahvol haqida o'ylashmayapti”

“Nasaf” – “Neftchi” (2:0) uchrashuvi nihoyasiga etgach, o'yin yakunlariga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Matbuot anjumanining dastlabki qismida mezbonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev va Odiljon Hamrobekovlar ishitirok etishdi.

Ro'ziqul Berdiev: - Bugungi asosiy maqsadimiz g'alaba qozonish edi. Bu g'alaba jamoamiz uchun juda zarur edi. “Neftchi” jamoasining oxirgi o'yinini o'rganganimizda shu narsaga amin bo'ldikki, raqibimiz besh nafar himoyachi bilan o'ynab, Qo'qonda bir ochkoni qo'lga kiritganiga guvoh bo'ldik. Bugungi uchrashuvda ham shunday bo'lishini taxmin qilgan edik. SHunday ham bo'ldi. Biz ham bunday o'yinga tayyorlanib, bugungi o'yinni tashkil qildik. Jamoamiz vaziyatlar yarata oldi va uchrashuvning so'nggi daqiqalarida gol urib, g'alabaga erishdik. Yana qo'shimcha tarzda shuni aytamanki, biz birinchi goldan keyin butun o'yin davomida yaratgan vaziyatlardan ko'proq vaziyatlar yarata oldik. Albatta birinchi gol bizga ruhiy ustunlikni berdi. Fursatdan foydalanib, muxlislarga o'z tashakkurimni bildiraman. Keyingi natijalarimizga qaramasdan ular bizni qo'llab-quvvatlash uchun bugun stadionimizga kelishdi. Ularning ham bugungi g'alabada katta hissalari bor.

Doniyor Narzullaevga yana ishonch bildirganimiz, Slavko Lukichni o'zlaringiz bilasiz barcha o'yinlarimizda maydonga tushayotgan edi. Maqsadimiz unga dam berish edi. Ammo Narzullaevning biz kutgan o'yini chiqmagach, yana Lukichni maydonga tushirishga majbur bo'ldik. Albatta u o'yinimizni kuchaytira oldi.

Jahongir Aliev ham bugun yaxshi o'yin namoyish etdi. Biz buni kutayotgan edik. U bugun biz kutgandek, talab qilgandek o'yin namoyish etdi. Uning kamroq maydonga tushayotganiga sabab, mavsum boshida jarohati sabab bizga yordam bera olmadi. Qatnashgan o'yinlaridagi harakatlari esa bizni qoniqtirmadi. Agar Jahongir bugungidek o'yin ko'rsataversa, biz unga doim ishonch bildiramiz.  

Ichki muhit haqida Odilning gaplariga qo'shimcha qilmoqchiman. SHuni ishonch bilan ayta olaman. Yigitlarimizni moliyaviy ahvol o'ylantirayotgani yo'q. Bu haqda o'ylashgani ham yo'q. Ammo o'zlaringizga malum, biz bu yil Superliganing boshqa jamoalariga qaraganda ko'proq o'yin o'tkazayapmiz va biz uchun o'yinlar taqvimi ham juda tig'iz. Hisoblab ko'rsangiz, qirq kunda o'nta o'yin o'tkazdik. O'ylab ko'ring, shuncha o'yinda bir xil tarkib bilan o'ynash bari bir toliqishga olib keladi. Bu og'ir. Ko'plar o'ylashi mumkindir, moliyaviy qiyinchilik salbiy tasir qilayapti deb, bunday emas. Biz bugun futbolchilarimizga uch kunlik tanaffus elon qildik. CHunki oldimizda terma jamoamiz o'yini sabab, tanaffus vujudga keldi. Bu vaqt futbolchilarimizning tiklanishiga  yordam beradi. Keyin biz albatta oldingi holatimizga qaytamiz.

Biz haqimizda ko'plab gaplar chiqayapti. Aslida biz ig'vo gaplarga ko'p ham etibor qaratmaymiz. Qaysidir o'yinchimiz ketishi haqida ko'p so'rashadi. Futbolchining kelishi ketishi, bu futbolning bir bo'lagi. Yani futboldagi bor narsa. Ammo takror aytaman, agar qaysidir o'yinchimizning transferi orqali klubimizga jiddiy foyda bo'ladigan bo'lsa, buni amalga oshiramiz. Biz albata uning o'rnini boshqa o'yinchi bilan to'ldiramiz. Aks holda, bu o'yinchi o'zimizga yordam bergani maqul. Lekin bizga hali hech qanday rasmiy taklif bo'lgani yo'q.

Jasur Hasanov haqida. U oyog'idagi og'riqdan shikoyat qilgan edi. SHuning uchun biz tavakkal qilishni hohlamadik va unga tiklanish uchun ko'proq imkon berdik.

Toshkentga safarim haqida. Yashirmayman, Toshkentga Umid Mahammadjonovichning takliflari bilan borgandim. U kishi bilan samimiy va mazmunli suhbat bo'ldi. U kishi klubimizdagi ahvol bilan ham qiziqdilar. Albatta bu borada yordam berishlarini va kelib vaziyat bilan yaqindan tanishishlarini va o'yinimizni tomosha qilishlarini aytdilar.


Odiljon Hamrobekov: - “Neftchi” jamoasi ham biz bilan o'z maydonimizda o'ynaydigan boshqa jamoalar kabi, uchrashuvni himoyadan boshlashdi. Aslida raqibni bunday himoyaviy o'yin ko'rsatishi bizga biroz qiyinchilik tug'diradi.  SHunga qaramasdan biz vaziyatdan chiqishga erishdik. Ustozimiz aytganlaridek, bugun bizga g'alaba juda zarur edi. G'alabadan albatta xursandmiz. Maqsadimiz, keyingi o'yinlarda o'z mavqiemizga qaytib, muxlislar kutgan o'yinmizni namoyish etish.

Jamoadagi ruhiy holat? Bizda hamisha ruhiy holat joyida. Murabbiyimiz bizga doim uqtiradiki, o'ynab o'zingni ko'rsatdingmi, tanildingmi, nomingni asrashga, nazardan tushmaslikka harakat qilishimizni aytadi. Albatta, keyingi o'yinlardagi sust harakatimiz bu toliqishdan, boshqa narsa emas. Bu holat bazilarda muhit yomon degan fikr o'yg'otgandir. Ammo aslo bunday emas. SHuni ishonch bilan ayta olaman, hali hech bir o'yinchimiz “Nasaf”ning ichki muhiti yomon deb, aytmagan. Mana terma jamoalarda ham, bizdan ketgan o'yinchilar bilan o'zaro suhbatda bo'lamiz ular doimo bizdagi ichki muhitni eslashib, maqtashadi.


Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика