So’nggi yangiliklar

20:30Раде Петрович: "Ўйинни 60 дақиқа назорат қилиб ғалаба қозондик"  1 20:00"Қизилқум" — "Машъал" 1:0 (Матнли транслация)  2 19:20"Брентфорд" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  6 19:05Чемпионлик учун кураш авжида. "Нефтчи" ва "Насаф"нинг Суперлигадаги тақвими қандай?  33 18:58"Нефтчи" "водий дербиси"да "Андижон"ни мағлуб этди ва "Насаф" билан орадаги фарқни 2 тагача қисқартирди  61 18:53Суперлига. "Сўғдиёна" меҳмонда "Шўртан"ни кичик ҳисобда мағлуб этди  7 18:31Артём Петросян: "Локомотив" футболчилари Суперлига даражасида. Улар бежиз лига пешқадами эмаслигини кўрсатишди"  0 18:05"Севилья" — "Барселона". Таркиблар маълум  68 18:01ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда "Карван"дан устун келди, Раҳмоналиев 89 дақиқа ўйнади  1 18:00Про лига. "Арал" "Жайхун"ни, "Локомотив" "Олимпик"ни мағлуб этди  2 16:33Суперлига. "Насаф"нинг қоқилиши интригани қайтарадими? "Нефтчи" учун ажойиб имконият  6 14:50"Чақирувдан хурсандман, боримизни бериб ҳаракат қиламиз" - Анваржон Ҳожимирзаев "Сурхон" устидан ғалаба ва миллий жамоага таклиф этилгани ҳақида  8 14:25"Наполи" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 13:58Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"дан кетиши мумкин  7 13:27"Реал" Родри учун қанча тўлашга тайёрлиги маълум бўлди  6

Ro'ziqul Berdiev: "Etiborni yo'qotganimiz bizning katta xatomiz bo'ldi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Etiborni yo'qotganimiz bizning katta xatomiz bo'ldi"

Coca Cola Superliga 12-turidan o'rin olgan “Nasaf” – “Bunyodkor” (2:2) o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng “ajdarlar” bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bugun g'alaba qozonishimiz kerak edi. CHunki, o'yinda ham, hisobda ham oldinda borayotgan edik. Lekin, oxirgi 20 daqiqada etiborni yo'qotdik. Ayrim o'yinchilarimiz pazicion xatolarga yo'l qo'yishdi. Buning evaziga tayyor uch ochkoni qo'ldan boy berdik. Juda alamli durang. Hozir futbolchilarimiz bilan nima yo'qotganimizni gaplashib oldik, ular barchasini tushunishdi deb o'ylayman. "Bunyodkor" bilan o'yinda uch ochko olishimiz shart hisoblanardi. Boisi turnir jadvalidagi eng yaqin yonma-yon ketayotgandik. Ikki jamoada ham g'alabaga bo'lgan xohish kuchli bo'ldi. "Bunyodkor" ham, "Nasaf" ham g'alaba uchun etarlicha vaziyatlar yaratdi.

Etiborni yo'qotganimiz bizning katta xatomiz bo'ldi. Yana ham hujumga berilib ketdik. “Bunyodkor” tavakkal qilib ko'pchilik bo'lib hujumga o'tdi. Qaysidir vaziyatda futbolchilarimiz diqqatni yo'qotdi. Balki, natija uchun o'ynashimiz kerak edi. Futbolchilarim yana hujumga o'tib ketaverdi. Orqa chiziqda kuchlarini yo'qotib qo'yishdi. Rejamizda hisob ushlanib turganda oxirgi daqiqalarni beshta himoyachi bilan o'tkazmoqchi edik. Ammo, bunday bo'lmadi. 2:1 paytida G'olib G'aybullaev jarohat olib qoldi. Natijada yana to'rtta himoyachi bilan o'ynashga majbur bo'ldik.

Hisobni saqlab qolish, o'yin tempini tushurish borasida ko'rsatma bermadik. Bu narsani hech qachon qilmaymiz ham. Qanchalik o'yinni cho'zganingiz bilan futbolchi o'sha vaqtda tempni yo'qotib qo'yishi mumkin. Bu ham zararga ishlaydi. Ataylab vaqt cho'zishni o'ylamadik. Faqat hisobni ushlab qolish uchun beshta himoyachi bilan harakat qilishni reja qilgandik. Uchinchi markaziy himoyachini tushayotganda futbolchi jarohat olib qoldi. O'ylagan rejamiz amalga oshmadi. Standart vaziyatda ularni foydasi tegardi. Birinchi bo'limdan keyin futbolchilarimga raqib hujumga o'tib ketganidan foydalanishni, orqada bo'sh xududlar paydo bo'lishini takidladim. O'sha maqsadda Kenjaboevni tushirdik. Afsuski, u ham bahsga kirishib keta olmadi.

O'yin boshidagi to'xtalish haqidagi savol menga emas. Lekin, vaqtni cho'zilishi futbolchilarga katta tasir qilmadi. Ikki jamoa ham bir hil holatda edi. Bu bahona bo'la olmaydi”,- deydi Ro'ziqul Berdiev.



Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика