So’nggi yangiliklar

15:04Қурол билан таҳдид қилинган АПЛ футболчиси кимлиги маълум бўлди  0 14:36Ўзбекистон U-15 терма жамоасининг Жанубий Кореяга қарши асосий таркиби маълум  2 13:51Слот: "Каттароқ ҳисобда ютишимиз мумкин эди"  6 12:50U-17 Жаҳон чемпионати олдидан. Ислом Исмоилов: "Жаҳон чемпионатига энг яхши ҳолатда етиб келдик"  7 12:43Футзал бўйича Осиё кубогига қуръа ташланди. Ўзбекистон Япония ва Австралия билан бир гуруҳда  6 12:11Про лигада 2-ўринни олган клуб: "Суперлигада жой йўқ, деб қўяверинглар"  10 10:50Аббосбек Файзуллаев индивидуал тикланиш машғулотларини бошлади  4 10:15Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин нима қилишни истаётганини айтди  40 09:27"Барселона" мураббийи клубдаги ҳолат сабабли жамоадан кетмоқчи  7 09:00Алонсо мағлубиятдан сўнг нималар деди?   36 08:33Роналду ўғлига 300 минг долларлик автомобиль совға қилди   12 08:05Ўзбекистон МТЖ аъзоси муваффақиятли операция қилинди   6 07:39U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун ўсмирларимиз ўз юришларини бошлайди  17 03:21ЕЧЛ. "Атлетико" ва "Тоттенхэм"да ғалаба. "Ювентус" яна дуранг ўйнади  2 03:05ЕЧЛ. "Бавария" меҳмонда ПСЖни таслим этди. Диас четлатилди, Дембеле жароҳат олди  15

Ro'ziqul Berdiev: "Ertaga mazmunli o'yin emas, natija uchun harakat qilsak to'g'ri bo'ladi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Ertaga mazmunli o'yin emas, natija uchun harakat qilsak to'g'ri bo'ladi"

Elit OCHL 4-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Al Vahda" uchrashuvidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida qarshiliklar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev va futbolchi Husayn Norchaev ishtirok etdi.

"Elit Ligadagi yana bir qiyin raqib kutib turibdi. "Al Vahda" joriy mavsumda deyarli mag'lub bo'lmagan ekan. Juda yaxshi shakllangan jamoa ekan. Ertaga og'ir o'yin bo'lishi aniq. Raqib haqida yigitlarga to'liq malumot taqdim etishga harakat qildik. Guruhdagi vaziyatni o'nglashga harakat qilamiz", - dedi Ro'ziqul Berdiev.

"O'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Ertaga g'alaba qozonib, muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz", - Husayn Norchaev.

Muxlislar "Nasaf"dan g'alaba kutishmoqda. Ushbu uchrashuv Elit OCHLdagi vaziyatni burib yuborishi mumkin. Ertangi jangga jamoani qanchalik tayyorlay oldingiz?

Muxlislar bizdan har bir o'yinda yaxshi natija kutishadi. Buni his qilamiz. Chempionatmi yoki Elit Liga farqi yo'q. "Al Vahda"ga qarshi bahs taqdirimizni hal qilishi mumkin. Bunday imkoniyatdan foydalanishga harakat qilamiz. G'alaba va ilk ochkolarni qo'lga kiritish juda muhim. Yaxshi natijaga erishishga umid qilyapmiz.



Husayn Norchaevga savol

Jamoaning hozirgi holatidan kelib chiqqan holda futbolchilarda bosim yo'qmi?

Bosim yo'q. Biz jiddiy tayyorgarlik ko'ryapmiz. Eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatib, g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

"Al Vahda" bilan 2017 yilda ham to'qnash kelgan edingiz. Ushbu vaqt ichida raqib qanchalik o'zgardi deb o'ylaysiz?

Ancha vaqt o'tib ketdi-ku. Menimcha, 2001 yili "Al Vahda" bilan o'ynaganmiz. 2017 yilda esa "Al Vasl" bilan o'ynaganmiz. "Al Vahda", "Istiqlol" va "Al Quveyt"ga qarshi o'ynaganmiz. O'sha vaqtlarda Chempionlar Kubogi degan turnir bo'lardi. Biz guruhdan chiqib, yarim finalga qadar etib borganmiz. Ko'pchilik hozir buni eslamaydi. Yarim finallar bahslari Eronda bo'lib o'tgan edi. Uchinchi o'rin uchun "Istiqlol"ga qarshi o'ynaganmiz. Adashmasam, "Seul" yoki "Samsung" chempion bo'lgan edi. Uzr, savoldan boshqa mavzuga o'tib ketdik, ammo yaqin orada "Al Vahda"ga qarshi o'ynamadik. 2017 yilda "Al Vasl" bilan o'ynagandik, menimcha.



"Nasaf" o'sha vaqtlarda yarim finalga qadar etib borgan dedingiz. Bunday yaxshi natijalarning sababi nimada? "Nasaf"da moliyaviy imkoniyatlar yaxshi bo'lganmi yoki bunday natijaga ishtiyoq tufayli erishilganmi?

Arablar legionerlarga etibor qaratadi. "Shabab Al Ahli" tarkibida ham 15tacha legioner bor edi. O'sha vaqtlarda ular bizdan oldinda emas edi. Hozir arablar o'z darajasini legionerlar tufayli yaxshilab oldi. Koreya va Eron klublari har doim kuchli bo'lib kelgan. Arab mamlakatlari so'nggi yillarda legionerlarga ko'proq etibor qarata boshladi. "Nasaf" o'sha vaqtlarda ham tajribali futbolchilarga ega edi. Shu sababli xalqaro maydonda yaxshi ishtirok etganmiz.

"Nasaf" Superligada va OCHLda o'ynamoqda. Hozir bir frontni tanlash vaqti keldi. "Nasaf" chempionlikka etibor qaratib, keyingi yil yana OCHLda o'ynashi kerakmi yoki OCHLga urg'u berib ko'proq ochko to'plashga intilish kerakmi?

Biz ketma-ket ikkinchi mavsumda shunday holatga tushyapmiz. Joriy mavsumda ham ko'proq etiborni Superligaga qaratyapmiz. OCHLdagi raqiblarga qarshilik ko'rsatish qiyin. Yaxshi tarkib bo'lishi kerak. Elit OCHLda keyingi bosqichga chiqsak yaxshi bo'lardi. Superliga ham oson kechmayapti. Joriy mavsumda chempionlik masalasi so'nggi turda hal bo'lsa kerak.

"Al Vahda" to'pga egalik qilishga intiladigan jamoa ekan. Raqibning ushbu jihatini qanday bartaraf etmoqchisizlar?

To'g'ri takidlab o'tdingiz. Jamoa o'yinchilari ham yuqori texnikali. Biz ertaga o'zimizga kerakli natija uchun borimizni beramiz. So'nggi ikki kun davomida mashg'ulot o'tkazmay, tiklanishga etibor qaratdik. Ertaga mazmunli o'yin emas, natija uchun harakat qilsak to'g'ri bo'ladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

+7   
02 noy 21:33:14
Supper Liga
Supper ligaga etibor qilib Ochl ni qurbon qilsangiz nima qilasiz ochlda qatnashib ? Sizni bunday qilishingiz O'zbekistonni elit ligadagi shu 1 ta o'rindan xam maxrum etsa ajab emas !
+5   
02 noy 22:06:44
nerazzuri
Рузикул ва Насап бошка чикмаларинг шарманда блят элит лига га ...
+5   
02 noy 21:48:22
Шухрат
Миянг бутун булса черанни 90 минут уйнатасанми хебай кенжабоевга жавоб бериб шавал хуял килиб олдинг Кани натижа
+4   
02 noy 22:12:11
Farxod Sadullayev
Кока лигани четга суриб осиё чемпионлар лигасига этибор каратгин агар аклинг булса. Барибир савиянг кола лигадан бошкашисига ярамаса хам.
+2   
02 noy 23:20:39
Жамшид Ярашов
Энди гитара ютадими йўқми.Умуман фойдаси йўқ
+2   
02 noy 23:20:37
Жамшид Ярашов
Энди гитара ютадими йўқми.Умуман фойдаси йўқ
+2   
02 noy 23:20:34
Жамшид Ярашов
Энди гитара ютадими йўқми.Умуман фойдаси йўқ
+2   
02 noy 22:24:43
Ochilov Farobiddin
Нифига 2 та бир хил состав керакмас, каердан уйлаб топяпди булар бунака гапларни, ким уйнаяпди 2 та кучли составни? Максимум 16 та уйинчи доимий хаммада, зайбал килдинг ракибларни мактаб, харакат киламиз умид киламиз нима ахвол бу, кеча билдингми Элит лигада кучли легеонерлар борлигини, фигет киса булади буларди гапидан ,
чарчок булади хар 3 4 кунда уйнаса качонки Европа темпида уйнаса сенлар юриб уйнаяпсанку
+2   
02 noy 22:13:27
Жахонгир-9
Эртага Насафнинг ютишига ишонмайман.Хеч канака босим йук булса хам Насафнинг ютишига ишонч колмади.Инсонда уят булиши керак.Насафни хужумкор жамоа номидан асар хам колмади.Химоячилар ААА килиб куйган.Афсум мухлислар фикрини Насаф мураббийлар штаби ва химоячилари укимайди да.Афсууус.
+2   
02 noy 21:34:57
Бахтиёр Ашуров
Насаф ўз майдонида. Ал Ваҳда, ал Шорта ва Тракторни енгса. Мана шу учта ғалаба кейинги босқичга чиқиш учкн етарлий бўлса керак. Яна ҳам, Ўзи билгучи!
+1   
03 noy 06:22:17
uzb
Дарвозага туғри ва совуқон зарба беришни купро машқ қилинглар,насафчилар туп билан яхши ишлашади,рақиб жарима майдончаси ичигача хам бемалол кериб боришади,но жарима майдончаси ичида хам булар дарвозага совуқонлик билан зарба бериш урнига вақтни бой бериб бир бирига пас узатишга харакат қилишябди,пас хам керак лекин пасни жуда тез бериш керак очиқ жамоадошини тез кура билиши тез қарор чиқариши керак,тормозланиб пас беради, тухтаб қолади,бундан рақиб химоячилари унимли фойдаланиб химояни зич қилиб ёпиб олишяпти ва хужим қилаётган футболчиларимизга яхшигина халақит бериб тупни тепиб юборишяпди,жарима майдончаси ичида футболчилариез худди чет эл футболчиларига ухшаб жуда тез уйнашлари керак,чет эл хатто осиё жамоали хам хужимларда жуда тез уйнашни хисобига осонлик билан 6ол уриб кетишябди,мамент булди дегунча дарвозага удар бериш керак,тупни олдириб қуйгандан кура дарвозага удар берган яхшироқ,берилган ударларни бири булмаса бошқаси дарвозадан жой олади
+1   
03 noy 02:03:17
Abdulaziz Xamroyev
Hamada br xil axvol Xozr arablayam 3_4kun
Da oyn otkazvoti 2ta teng kuchli tarkib Saudiya jamoalaridayam yoq nari borsa 7_8ta legioner qogani maxaly futbolchilar ulardayam Milandan kelgan Teo Ernandes degan ozi himoyachi u lekin 5_6futbolchini koʻzni yumib aldap gol urdi unaqa warmanda qmalarn bza Oʻzbekiston jamoasimza Al xilol Shri lanka Butan Bangladesh jamoasi bn oʻynamadi yow bolalarcha aldidgan oʻtgan yili Paxtakoram bundan yaxwro qatnashgandi malumot ucn oʻtgan yili Paxtakor chempionata 5-6 ornadedi Nasaf hozir 1bn 2ni ortasda
+1   
03 noy 00:35:20
Абд
Элит Лигадаги яна бир қийин рақиб кутиб турибди.
Bu taqdirni o'zingiz tanlagansiz, Ro'ziqul aka!!! Har bir raqibni qiyin raqib, kuchli raqib deyaverib o'rganib qolibsiz-ku!!! Yeb tashlaymiz, yutib yuboramiz, hech biridan qo'rqmaymiz, demaysizmi????
+1   
03 noy 00:22:17
Supper Liga
Shovruq88 foydalanuvchining fikriga javob berish
ja oʻrniz bor edida sizni
Mani o'rnim dib yozmadim shekilli ? Sal nima yozilganiga qarab Javob yozsez bo'larkan a ?
+1   
02 noy 21:59:10
Shovruq88
Nima boʻlganda ham bu inson Futbolimiz uchun katta hissa qoʻshgan!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика