So’nggi yangiliklar

01:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария"дан 10та гол қабул қилган "Окленд Сити" "Бенфика" билан ўйинда ҳам кўп гол ўтказиб юборди  0 01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. Жексон туғилган кунида 4 дақиқадаёқ қизил карточка олган ўйинда "Челси" мағлубиятга учради  9 00:58Асрор Алиқулов: "Айрим футболчиларимиз Суперлига даражасига тайёр эмас"  0 00:38Виртц бу рейтингда учинчи бўлди  0 00:08Рўзиқул Бердиев: "Ёзда камида 2-3 футболчини олиб келамиз"  1 23:49Виталий Левченко: "Бухоро" ўзига муносиб бўлмаган жойда"  11 23:28Расман: "Ливерпуль" Виртцни 136 млн эвазига сотиб олди  9 23:12"Бухоро" ёрдамчи мураббийи: "Ҳакам нега футболчиларимизни сўкади? Ҳакамнинг "Нефтчи"га ёрдам бериши шарт эмасди"  11 22:47ПСЖ "Борнмут"га 55 млн таклиф қилди ва рад жавобини олди  0 22:25Саудия Арабистони клублари Фермин Лопесга қизиқиш билдирмоқда. "Бавария" ҳам футболчини ўз сафида кўрмоқчи  3 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Бухоро" устидан қийин ғалабага эришди  35 22:00Суперлига. Ғузорда кечган воҳа дербисида "Насаф" "Машъал"дан устун келди  49 21:25"Ливерпуль" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Суперкубок ўйини қачон ўтказилиши аниқ  4 21:06Онанага харидор чиқди. МЮ дарвозабонга ўринбосар топиб қўйган  1 20:45"Вулверхэмптон" 25 миллион евролик трансферни амалга оширди  0

Ro'ziqul Berdiev: "Ertaga kim ruhan kuchli bo'lsa o'sha yutadi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Ertaga kim ruhan kuchli bo'lsa o'sha yutadi"

O'zbekiston superkubogi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.

"Ertangi o'yinga futbolchilarni ham ruhan, ham jismonan yaxshi tayyorladik. O'zbekiston superkubogida birinchi marotaba o'ynamoqdamiz. Ushbu kichik trofey jamoamiz uchun muhim. CHunki ushbu svorinni qo'lga kiritgan jamoa butun mavsum davomida yaxshi kayfiyatda bo'ladi. Biz ertanga o'yinga shunchaki OCHLga tayyorgarlik sifatida qaramayapmiz. Hozir bor diqqat-etiborimizni superkubokka qaratilgan. Bu biz uchun juda muhim. "Paxtakor" har qanday holatda ham kuchsizlanib qolmaydi. Ular tarkibida mahoratli va istedodli futbolchilar ko'p. Biz ham o'z o'rnida yoshlarga imkoniyat qaratamiz. Tarkibimizda 1997-1998 yilda tug'ilgan bir qancha iqtidor sohiblari bor", - dedi Ro'ziqul Berdiev. 


- "Paxtakor" "Nasaf"ga qarshi alohida tayyorgarlik ko'rganini aytdi. Sizlar ham ularni yaxshilab o'rganib chiqdinglarmi?

- Ha albatta. Biz ham ularni juda sinchiklab o'rganib chiqdik.

- "Paxtakor" haqida nima deya olasiz? Ularni bir qator etakchi futbolchilar tark etishdi...

- Biz ayni paytda "Paxtakor" bilan bir xil holatdamiz. Bu holat esa superkubok oldidan jamoalar imkoniyatlarini tenglashtiradi. Ertaga kim ruhiy tomonlama yaxshi tayyor bo'lsa o'sha g'alaba qozonadi deb o'ylayman.

- "Nasaf"da hujumchi muammosi borligini o'zingiz ham juda ko'p takidlab keldingiz. Ammo yangi mavsum oldidan yangi hujumchi tarkibga jalb etilgani yo'q. Buni qanday izohlaysiz?

- Biz o'zimizga kerakli bo'lgan futbolchilarga qulay takliflar bilan chiqqandik.  Biroq ular tarkibimizga kelib qo'shilishni istashmadi. Biz istagan kuchli legioner hujumchini olishga sharoitimiz yo'l qo'ymaydi. Yangi mavsum oldidan faqat chempionat uchun yangi hujumchi qo'shib olishimiz mumkin. OCHL uchun zayavka muddati yakunladi. Klub homiysi jamoamizni tashlab qo'ygani yo'q. Ammo bizni erkalatib ham qo'yishmayapti. Qo'l ostimizdagi mavjud futbolchilar bilan yaxshi natijalarga erishishga harakat qilamiz.


- Artur Gevorkyan: Jamoamiz safiga yoshlar jamoamizdan kelib qo'shilgan futbolchilarning barchasi katta iqtidor sohiblari. Ular mashg'ulotlarda juda katta kuch va ishtiyoq bilan shug'ullanishmoqda. O'ylaymanki, tez orada bu futbolchilar yuqori darajaga chiqishadi. Albatta o'z ustilarida tinmay ishlashlari zarur. Biz ertaga muxlislarimizga g'alaba va yangi sovrinni taqdim etishni istaymiz. Maqsadimiz mavsumni sovrin bilan boshlash.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика