So’nggi yangiliklar

03:03Франция. ПСЖ "Монако"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 02:53Англия Кубоги. "Манчестер Юнайтед"дан камбэк! Магуайр 90+3-дақиқада гол уриб, жамоасига ғалаба келтирди  9 02:43А Серия. Сўнгги дақиқадаги пенальти "Ювентус"га ғалаба олиб берди  3 02:25Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан дубль  0 00:43Мартинелли қанча вақтни майдондан ташқарида ўтказади?  0 00:23Саудия Арабистони. Иккитадан пенальти ва қизил карточка кўрсатилган ўйинда "Ал Аҳли" ғалабага эришди  0 23:13Роналду кетма-кет 5 ўйинда гол урди  91 22:49А Сериянинг январь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 22:19Саудия Арабистони. Дуран дебютида дубль қайд этди, Роналдудан 924-гол, Шукуров 80 дақиқа ўйнади  54 21:50Серхио Рамос нима сабабдан 93-рақамда ўйнашини айтди  1 21:36"Насаф" назорат ўйинида "Лиепая"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  9 21:21"Андижон" назорат ўйинида Норвегия жамоасига мағлуб бўлди  2 20:56ОКМК ўртоқлик ўйинида КХДР термасига мағлуб бўлди  5 20:35"Локомотив" Туркияда Қозоғистон миллий терма жамоасига қарши ўйнайди  2 20:24Қизларга футзал керак  13

Ro'ziqul Berdiev "Bunyodkor" - "Nasaf" uchrashuvidan keyin: "Xalqning noroziligi bekorga emas" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev "Bunyodkor" - "Nasaf" uchrashuvidan keyin: "Xalqning noroziligi bekorga emas"

Coca-Cola Superliganing 7-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Nasaf" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida

- O'yinni xato bilan boshladik. O'zlaring ko'rdinglar, bu vazifamizni og'irlashtirdi. Goldan so'ng ham bir nechta vaziyatlar yarata oldik. Garchi qulay vaziyatlarga chiqa olgan bo'lsak ham qaerdadir tajriba va omad etishmadi. Mana shu kabi xolatlar bugungi o'yin taqdirini hal qildi. Albatta birinchi o'rinda natija turadi. Biz balki ulardan yaxshiroq ko'ringandirmiz, lekin bugun omad va g'alaba ular tomonda bo'ldi. Hayot davom etadi, keyingi o'yinlarga tayyorgarlikni davom ettiramiz. Biz bor imkoniyatdan foydalanayapmiz, o'sha yosh o'yinchilarimizga qaysidir manoda sovuqqonlik va tajriba pand berdi. Bu bahona emas, lekin vaziyatni to'g'rilashimiz kerak bo'ladi.

- Jamoa OFK kubogida o'ynaydi. Futbolchilar bugun maydonda o'sha nufuzli turnirni o'ylab harakat qilgandek ko'rindi...

- Bu turnirgacha hali vaqt bor. Yigitlarga ham bu haqida aytganmiz. Albatta biz tushunib turibmiz, oldimizda masuliyatli o'yinlar bor. Lekin bugungi o'yinga ham jiddiy yondashgan edik. CHunki "Bunyodkor" ham yuqori o'rinlar uchun kurashadi, qpysidir manoda raqobatchi hisoblanamiz. SHu sabab bugun ochko olishimiz zarur edi. Afsuski, bugun natija biz kutgandek bo'lmadi.



- O'yindagi qaysi vaziyatlarga etirozingiz bor? VAR tizimi haqida nima deya olasiz?


- Bilasizlarmi, o'yinni olib borish hakamlarga juda ham bog'liq. CHunki hushtak uning qo'lida. U vaziyatlar yuzasidan qarorlar chiqaradi. VAR tizimida ham bizga qorong'u kim o'tiribdi, qanday qaror chiqarayapti, bilmaymiz. Albatta bizda, bazi vaziyatlar bo'yicha etirozlar bo'ldi. O'yinni bir tekisda olib borish hakamlar guruhini qo'lida. Buni xalq ham ko'rib turibdi, atayin yoki bilmasdan xatolar qilayapti. Xatolar bizni foydamizga bo'lmayapti. Hakamlarni muhokama qilmaymizu lekin ularni qo'lida hamma narsa. Agar kimgadir yomon niyati bo'lsa mayda qoidabuzarliklar bilan ham qaysidir jamoaga yordam berishi mumkin. Bilmadim, atay qilayaptimi, bazida hakamlar qarorini tushunmaymiz. Bazi bahsli vaziyatlar bo'ldi, ko'rib chiqish kerak edi. Biz ham penalti tepishimiz mumkin edi. Hakam bu vaziyatda kelib VARni ko'rmadi. Biz qanday norozi bo'lmasligimiz mumkin? Aytayapmanu hushtak ularning qo'lida, tepada kim o'tiribdi bilmaymiz, qarorni istagagicha o'zlari chiqarib yotishibdi. Hozir ham aytayapman, norozichiligim bor. Nima qilsa o'zi biladi, atay qilayaptimi, buni bilmadim. Yoki mahorat yoki saviya etishmaganidan shunday qilayaptimi? Futbolda shunaqa, ko'p narsa qo'lida hushtak bor insonga va VARdagilarga bog'liq. Nima uchun o'sha VAR bilan bog'liq 2-3 ta vaziyatni ko'rmadi? VARdagilar ham jim, o'ynab ketaver, hech narsa bo'lmadi degan bo'lsa indamay ketayapti. Biz bilmaymiz, ular nimani gaplashayapti? Bu muhokama emasku, bilmadim o'zlaring ko'rdinglar. Xalqni noroziligi bekorga emas, chunki sizlar ham, bizlar ham nima bo'layotganini ko'rib turibmiz.

- "Bunyodkor" bilan ketma-ket o'yinlarda ikki xil natija qayd etildi...


- "Bunyodkor"ni hamisha hurmat qilganmiz. Jamoa o'tgan davrlardan ko'ra hozir oddiyroq futbol o'ynayapti. Lekin natijasi bor. Oldin to'p nazorati va pozicion hujum tashkil etgan bo'lsa, hozir faqat to'pni oldinga tepish bilan ovora bo'layapti. Ularni qarashini muhokama qilmaymiz.

Kubok doirasidagi o'yin bilan bugungisini farqi biz balki keyingi bosqichga chiqib bo'lganimiz uchun unchalik ham jiddiy qaramagandirmiz. Bugungi o'yin muhim edi, bu uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Lekin "Bunyodkor"ni g'alaba bilan tabriklash kerak, futbolda natija muhim.




- Xusayin Norchaevda tajriba etishmagandek ko'rinmoqda. Bobir Abdixoliqovni ortga qaytarish varianti yo'qmi?


- Muammolar ko'rinib qolayapti. Oldindan aytgan edik, jamoani o'zagini saqlab qolish muhim edi. Biz hujumchini yo'qotdik, uning o'rniga hech kimni olmadik. CHunki bizda imkoniyat yo'q edi. SHu taxlit ketsa bizda imkoniyat bo'lmaydi ham. Tajribali o'yinchini olib kela olmaymiz. Man hozir ko'ra olmayapman ertaga tarkibimizga tajribali futbolchi kelib qo'shilishini. Faqat bizdan nima qoladi, agar OFK kubogida yaxshiroq qatnashsak, o'zimizga mablag' keltirishimiz mumkin

Reyting: +61   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика