So’nggi yangiliklar

09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  0 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  1 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  2 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  4 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  9 07:30Эрон ОАВ. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  11 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  25 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6

Ro'ziqul Berdiev: “Bugun kuchli o'ynab, ochko yo'qotdik” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Bugun kuchli o'ynab, ochko yo'qotdik”

Uchrashuv nihoyasida jamoamiz ustozi Ro'ziqul Sadullaevich o'yin haqida o'zining fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Dinamo” jamoasini hurmat qilgan holda aytaman, bugungi o'yin bizning to'liq ustunligimizda o'tdi. Ammo birinchi bo'lib gol o'tkazib, vazifamizni og'irlashtirib qo'ydik. Ikkinchi bo'limda futbolchilarimizga ko'proq hujumga etibor qaratishlari haqida ko'rsatma berdik. Buning uddasidan ham chiqdik. Afsuski yaratilgan ko'plab vaziyatlardan foydalana olmadik, faqat bir vaziyatni golga aylantira oldik. Bugun biz g'alaba uchun o'ynagan edik, bugun ikki ochko yo'qotdik. Biz uchun hisob qoniqarsiz bo'ldi. Bugun omad bizdan yuz o'girdi. Keyingi o'yinlarda vaziyatlarni golga aylantirishda oqsayapmiz, bu kamchiligimizni bartaraf etmasak, oqibati yaxshi bo'lmaydi. Bu kamchilik ustida endi jiddiy ishlaymiz.

Bu yilgi chempionatda yaxshi o'yin namoyish etib, ochkolarni yo'qotayapmiz. Boshqa jamoalar ishtirokiga to'xtaladigan bo'lsam, joriy mavsum qiziqarli bo'layapti. Hattoki etakchi jamoalarning ochko yo'qotishi oddiy hol bo'lib qoldi. Bu etakchi jamoalarning kuchsizlandi degani emas, balki bu yil ko'plab jamoalarga etibor kuchaydi. Yani avvalgi chempionatlarda o'rtacha ishtirok etib kelayotgan klublar endi kuchaya boshlashdi. Bu albatta chempionatimiz qiziqarli o'tishiga turtki bo'lmoqda.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика