Ro'ziqul Berdiev: “Bugun butun jamoa bo'lib yutqazdik”
13 avg 2017 04:12
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: “Bugun butun jamoa bo'lib yutqazdik”
-“Buxoro” jamoasi bugun maydonda yaxshi kurash olib bordi. Ularda g'alaba bo'lgan ishtiyoq o'yin davom sezilib turdi va ular shuning evaziga g'alabaga erishishdi. Jamoamiz o'yini haqida gapiradigan bo'lsam, biz kutilgan o'yinni ko'rsata olmadik. “Buxoro” natija uchun kurashdi va bunga erishdi. Bugun futbolchilarimiz juda sekin o'ynashdi. Bunday o'yin orqali g'alabaga erishish qiyin. Biz futbolchilarimizga, raqibimiz bugun bizga nisbatan haqiqiy kurashishini aytgan edik. SHunday ham bo'ldi. O'yinda kurashuvchanlik etishmagan jamoaning muvaffaqiyat qozonishi amri mahol.
Jamoamizni tark etgan futbolchilar haqida takror-takror savollar bo'layapti. Bu savollarga to'liq javob berib o'tdik. Yana buni takrorlashni hojati yo'q. Gap aynan darvozabon haqida gap ketayotgan bo'lsa, Sanjar Quvvatov o'ziga bildirilgan ishonchni oqlayapti. Agar u bugun penaltini qaytarmaganda, ahvolimiz bundan achinarli bo'lishi mumkin edi. Bugun maydonda harakat qilgan futbolchilarmizni birontasini tanqid qilishdan yiroqman. Bugun butun jamoa bo'lib yutqazdik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar