Ro'ziqul Berdiev: "Bu "Nasaf"ning "oltin tarkibi"
01 noy 2024 19:16
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: "Bu "Nasaf"ning "oltin tarkibi"
"Bu juda ham ajoyib. Barchaga rahmat aytmoqchiman. "Nasaf"ning barcha muxlislarini chempionlik bilan tabriklayman. O'ylaymanki biz bunga munosib edik. Muxlislarimizga katta rahmat, homiylarimizga katta rahmat.
O'zbekiston chempionati saviyasi ancha o'sgan. Yil boshida oldimizga chempionlik vazifasi qo'yildi va shunga harakat qildik. CHempionlik uchun jiddiy yondoshdik. Rahbariyat tomondan ham, homiylar tomonidan ham. Natija uchun va maqsadimizga erishish uchun ko'proq harakat qildik.
Ikkinchi davrada "Paxtakor", "Navbahor" va OKMKni mag'lub etganimiz chempionlik yo'lidagi eng muhim qadamlar bo'ldi.
To'g'ri O'zbekistonda chempion bo'ldik, ammo hali mavsum biz uchun "tugamadi". Yigitlarga tushuntiramiz, sababi biz OCHL2 musobaqasida guruhdan keyingi bosqichga chiqishga harakat qilamiz.
CHempion bo'lganidan keyin bu tarkibni "oltin tarkib" deb bemalol ayta olamiz", - dedi Ro'ziqul Berdiev Sport telekanaliga bergan intervyusida.
Tez orada Ro'ziqul Berdievning o'yindan keyingi matbuot anjumanidagi fikrlari ham taqdim etiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar