So’nggi yangiliklar

20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  0 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  0 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  4 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  0 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  3 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  4 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  9 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  16 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  1

Ro'ziqul Berdiev: “Biz ertaga to'qson daqiqa himoyalanmoqchi emasmiz” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Biz ertaga to'qson daqiqa himoyalanmoqchi emasmiz”

Bugun Tehron shahridagi Eron Islom Respublikasi futbol Federaciyasida o'yinoldi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Matbuot anjumanining dastlabki qismida "Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdiev hamda yarim himoyachi Odiljon Hamrobekov ishtirok etdi.

Ro'ziqul Berdiev: Avvalo assalomu alaykum. Ertaga biz kuchli raqib bilan o'ynaymiz, shuningdek uchrashuv raqibimiz maydonida bo'lib o'tadi. Bunga qaramasdan biz ertaga yaxshi o'yinimizni namoyish qilamiz va albatta biz uchun muhim bo'lgan ijobiy natija uchun o'ynaymiz. Oldimizda dastlab guruh bosqichiga vazifasi turgan edi, biz pley offda kuchli raqib bilan bahs olib bordik va maqsadimizga erishdik. Endi biz guruh bosqichida ishtirok etayapmiz, guruhimizda kuchli jamoalar yig'ilishgan. Jamomizda ko'plab yosh futbolchilar to'p tepishadi. Ularda ishtiyoq juda kuchli va ertaga bo'ladigan o'yin ular uchun sinov vazifasini ham o'tab beradi. Biz raqibni yaxshilab o'rgandik va futbolchilarimizga kerakli ko'rsatmalarni berdik.

Bizni durang qoniqtiradimi? Futbolchilarimiz hujumkor o'yinni yaxshi uzlashtirishgan, yuqorida takidlaganimdek, ertaga ijobiy natija uchun maydonga tushamiz.
Biz ertaga himoyaviy o'yin o'ynaymizmi yoki hujumkor o'yin? Bu borada yuqorida fikrimni aytib ketdim. “Nasaf” himoyaviy o'yinni yoqtirmaydigan jamoa hisoblanadi. Agar hujum qilmasang gol ham ura olmaysan va kerakli natijaga ham erisha olmaysan. Albatta himoya ham kerak, ammo biz ertaga 90 daqiqa himoyada o'ynamoqchi emasmiz.



Odiljon Hamrobekov: Biz Eronga shunchaki kelmadik. Maqsadimiz yuqori. O'ylaymanki, biz ertaga o'z o'yinimizni o'ynaymiz va ijobiy natijaga erishamiz. O'zbek futbol ishqibozlari bizdan ertaga ham g'alaba kutayapti, biz ularni xursand qilmoqchimiz.

Hamrobekovga savol: Bilsangiz “Persepolis”da kuchli hujumchilar bor, himoyachi sifatida bunga tayyormisiz?
-Biz raqibni yaxshi o'rgandik va murabbiyimizdan kerakli ko'rsatmalarni ham oldik. Raqib jamoada kuchli hujumchilar bo'lsa, bizda kuchli himoyachilar bor.

Berdievga savol: Ertaga “Ozodi”da ko'p minglab muxlislar tashrif buyurishadi. Sizda asosan yosh futbolchilar ko'p. Bu holat ularni gangitib qo'ymaydimi?
-Bu holat bizning yosh o'yinchilarga rag'bat bo'lar edi. Qani endi stadion muxlislarga to'lib toshsa. Futbolchilar bundan faqat kuch olishadi. Biz uchun bu yoqimli bo'lar edi. So'zimni oxirida hammalaringizga tashakkur bildiraman.

Reyting: +117   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика