So’nggi yangiliklar

08:55Дилшод Раҳматов: «Ўйиндан ўйинга кучайиб борамиз. Мақсадимиз – чемпионлик!»  0 08:31Sofascore. Элдор Шомуродовнинг кечаги ўйини неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 08:07Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур баҳслари давом эттирилади  0 07:43Осиё кубоги. Бугун Кувайтга қарши майдонга тушамиз  4 07:15U-23 Осиё кубоги. Хитой - Корея Республикаси 0:2  0 07:10U-23 Осиё кубоги. БАА - Япония 0:2  0 07:05U-23 Осиё кубоги. Таиланд - Саудия Арабистони 0:5   0 07:00U-23 Осиё кубоги. Тожикистон - Ироқ 2:4   0 06:55Серия А. "Кальяри" - "Ювентус" 2:2   1 06:50Саудия чемпионати. "Ал Насср" - "Ал Файҳа" 3:1   0 01:48А Серия. "Кальяри" "Ювентус"га қарши ўйинда охирги дақиқалардаги автогол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди. Шомуродов 79-дақиқада алмаштирилди  41 01:40Каземиро: "Анчелотти МЮга ўтаётганимни билиб, йиғлаб юборганди"   4 01:15U-23 Осиё кубоги. Ироқ Тожикистонни ишончли тарзда мағлуб қилди  0 00:58Начо "Реал"га мавсум охирида жамоадан кетишини маълум қилди  7 00:40Ўзбекистон Қувайтга қарши ўйинда тўлиқ оқ либосда ҳаракат қилади  6

Ro'ziqul Berdiev: "Birinchi davrani yaxshi o'tkazdik" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Birinchi davrani yaxshi o'tkazdik"

Superliganing 5-turida qoldirilgan "Nasaf" - "Surxon" (2:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.




- Superliganing barcha jamoalari kuchayib bormoqda. Birinchi davrani jamoamiz yaxshi o'tkazdi. Ha, balki ayrim joylarda ochko yo'qotgandirmiz. Ammo umumiy olganda ilk davra yaxshi o'tdi. OCHL o'yinlarini ham qo'shsak, birinchi davrada 20ga yaqin o'yin o'tkazib, shularning ikkitasida mag'lub bo'libmiz. O'ylaymanki, bu jamoamiz uchun yaxshi natija. Hozir har bir jamoa o'yinlarga yaxshi tayyorlanib, kurash taklif qilmoqda. 

Mana, "Surxon" ham bugun bizga yaxshi qarshilik ko'rsata oldi. Biz himoyada yaxshi harakat qildik, hujumlarda samarali bo'ldik. Ikkinchi bo'limda qarshi hujumlarda ko'proq gol urishimiz kerak edi. Biroq so'nggi pasni beradigan o'yinchi topilmadi. O'ylaymanki, raqibdan ustunlik qildik. "Surxon" darvozamiz oldida vaziyatlar yarata olmadi. Yigitlarga minnatdorlik bildiramiz va muxlislarni g'alaba bilan tabriklaymiz. Ketma-ket uch durangdan keyin g'alabani ancha kutdik.

- Birinchi davra yakunlandi. Ikkinchi davraga rejalar qanday? Transfer oynasida yangiliklar bo'ladimi?

- Yigitlarga rejalarni aytdik. Hozir ularga bir hafta dam beramiz. SHundan keyin ish jarayonini boshlaymiz. O'zgarishlar bo'lishi kutilyapti. Kuchaytirilishi kerak bo'lgan chiziqlar bo'yicha selekciya ishlarini olib boryapmiz. Bu masalada rahbariyat bilan gaplashamiz. 

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика