So’nggi yangiliklar

07:38Суперлига. Бугун 25-тур якунланади  0 04:12"Андижон" ўз уйида "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 04:07Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  97 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  29 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  8 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  10 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  3

Ro'ziqul Berdiev: “Asosiysi jamoa yutug'i, oy laureati bo'lish esa albatta yoqimli” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Asosiysi jamoa yutug'i, oy laureati bo'lish esa albatta yoqimli”

Har oy jurnalistlar o'rtasida o'tkazilib kelinadigan, oyning eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi so'rovida oliy liga klublarida faoliyat yuritayotganlar orasida bu safar ham “Nasaf” ustozi Ro'ziqul Berdiev boshqalarni ortda qoldirdi.
Avgust oyining eng yaxshi futbolchisi ham aynan ushbu jamoa sardori bo'lgani, “Nasaf”ning o'tgan oyda ijobiy natijalar qayd etgani bilan bog'lash mumkin.

Ketma-ket to'rt marotaba oliy liga murabbiylar orasida oyning eng yaxshi murabbiyi bo'lgan Ro'ziqul Berdiev bugun championat.asia saytiga maxsus intervyu berdi.
- Avvalo etibor uchun barcha OAV xodimlariga minnatdorchilik bildirib qolaman – deya gap boshladi Berdiev. - Bu haqda ertalab xabardor etishdi. Ketma-ket to'rt marotaba oyning eng yaxshi murabbiyi bo'lish albatta yoqimlidir. Bu o'z navbatida masuliyatni yanada oshiradi. Lekin men uchun birinchi navbatda jamoamning qayd etayotgan natijasi muhim o'rin tutadi. CHunki klubingizning ishlari ko'ngildagidek kechmasa, bunday shaxsiy yutuqlardan rohatlana olmaysiz.

- Yil boshida kimdir sizga ketma-ket to'rt marotaba oyning eng yaxshi murabbiyi bo'lasiz, deganida bunga qanchalik ishongan bo'lardingiz?
- To'g'risini aytganda, buni kutmagandim. Lekin “Nasaf”ning yuqori o'rinlar uchun kurashadigan darajaga chiqishini istaganim rost va buning uchun qo'ldan kelgan barcha ishlarni amalga oshirib kelmoqdamiz.

- SHaxsan o'zingiz avgust oyining eng yaxshi murabbiyi deb, qaysi hamkasbingizni bunga loyiq deb hisoblaysiz?
- Bu borada alohida bir murabbiyni olib ko'rsatmoqchi emasman. Oliy ligada faoliyat yuritayotgan barcha murabbiylarning futbolga bo'lgan o'z qarashi bor va ularning o'ziga yarasha tajribasi bor deb bilaman.

- Darvoqe, “Nasaf”ni oldinda yana bir jiddiy sinov kutib turibdi. Gap nima haqida ketayotganini tushungan bo'lsangiz kerak?

- Albatta, “Lokomotiv” bilan safardagi o'tadigan uchrashuvimiz oson bo'lmasligi turgan gap. O'zingizga yaxshi malum, milliy chemionatimizda qisqa muddatli tanaffus yuzaga keldi. Bu orada futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirishga etibor qaratdik. SHuningdek o'yin amaliyotini yo'qotmaslik maqsadida, yaqinda “Dinamo” bilan sinov-nazorat bahsini tashkil etdik. Albatta bu foydadan xoli bo'lmadi. Jamoa esa “Lokomotiv” bilan o'yinga tayyor.

- 13 sentyabr kuni “Lokomotiv”ga qarshi o'yinga birgina SHoxruh Gadoevni hisobga olmaganda, boshqa yo'qotishlar yo'qmi?
- SHoxruhni safdan chiqishi, jamoamiz uchun sezilarli yo'qotish bo'lganini aytib o'tishim kerak. CHunki bu futbolchimiz “Nasaf”ning etakchilaridan biriga aylanib borayotgan edi. Lekin uning o'rnida harakat qiladigan o'yinchilarimiz borligi, bizni hozirgi kunda ortiqcha tashvishlantirayotgani yo'q. SHu bois endi Toshkentdagi o'yinda boshqa yigitlarning xizmatidan foydalanamiz. Umid qilamanki, Gadoevdan boshqa hamma safda va hech qanday jiddiy yo'qotishlar mavjud emas.

- Bundan bir necha oy muqaddam jaroxat olib safdan chiqqan boshqa futbolchilarning xolati qay darajada?
- Kenja To'raev, Jahongir Jiyamurodov hamda Alisher Yusupov uzoq muddatlik muolajalardan so'ng, yana umumiy guruh bilan mashg'ulot o'tkazishni boshlab yuborishdi. Biroq bu yigitlarimizning malum muddat maydon chetida yurishi, ularning jismoniy tayyorgarligini pasayishiga olib keldi. SHu bois Yusupov, To'raev va Jiyamurodovga sport formasini tiklab olishlari uchun biroz vaqt kerak bo'ladi.

- Yana bir shogirdingiz, Eldor Suyunov haqida so'ramoqchiman. Iqtidorli posbon milliy terma jamoamizning Iordaniyaga qarshi muhim bahslari oldidan murabbiylar tomonidan tarkibga jalb etildi. Lekin safarda kechgan dastlabki o'yinda zaxirada qolib ketdi. Nima deb o'ylaysiz, Suyunov bugungi kunda terma jamoada ham o'ynay oladigan darajaga etdimi?
- Yosh darvozabonimiz joriy mavsum ajoyib mavsumni o'tkazmoqda. Ishonchli o'yinlari evaziga uni milliy terma jamoaga ham taklif etishdi. Bundan albatta murabbiy sifatida xursand bo'ldim. To'g'ri, Ammandagi o'yinda Eldor zaxirada qoldi. Lekin bu bilan terma jamoa murabbiylari to'g'ri qarorga kelishdi deb hisoblayman. CHunki bunday masuliyatli o'yinlarda mahoratli o'yinchilarga ishonch bildirgan maqul. Zuhurovda bu borada tajriba bor. Lekin o'ylaymanki, Suyunov bundan keyin ham shu tarzda o'z ustida ishlashda davom etsa, u albatta kelajakda milliy terma jamoamizning birinchi raqamli posboniga aylanadi.

- Bu davrozabonning “Nasaf”da o'ynab ketishiga qaysidir manoda siz ham sababchisiz. CHunki endigina 22 yoshga to'lgan posbonga qo'rqmay ishonch bildirdingiz. O'z navbatida Suyunov ham bildirilgan ishonchlarni to'la oqlashga harakat qilayotgani ko'rinib turibdi. Aytingchi, Eldorning qaysi xususiyatlari evaziga uni boshlang'ich tarkibda o'ynatmoqdasiz?
- Eldorni bundan ikki yil oldin, “Nasaf”ga o'zim taklif etganman. CHunik u o'sha paytda ham bo'y basti yuqori va unda darvozabon uchun kerak bo'lgan barcha xususiyatlar mujassam edi. Kelajakda undan mahoratli golkiper etishib chiqishiga ishonganman. Suyunov mashg'ulotlarda o'z ustida jiddiy ishlaydi. Asosiysi mexnatdan qochmaydi. Qolaversa darvozabonlar bo'yicha murabbiy Denis Ivankov ham Suyunov bu yil jiddiy ishlamoqda.

- “Nasaf” hozirda turnir jadvalida 2-o'rindan joy egallab turibdi. O'zidan oldinda turgan “Bunyodkor”dan to'plar farqiga ortda qolmoqda. Nima deb o'ylaysiz, jamoangizning chempionlik uchun imkoniyat qanday yoki “Nasaf”ni 2-o'rin ham qoniqtiradimi?

- “Nasaf”ning bu yilgi maqsadi haqida shu kungacha juda ko'p gapirildi. Yaxshi bilasiz, yil boshida tarkibda katta o'zgarishlar qilindi. Legionerlarning ko'pchiligi bilan xayrlashdik. SHuningdek asosiy etiborni, yoshlarga va akademiya tarbiyalanuvchilariga qaratdik. SHu bois rahbariyat mavsum boshida oldimizga, chempionlik yoki Kubokni qo'lga kiritish borasida aniq bir vazifa qo'ymagan. Lekin imkoniyat bor ekan, kurashishda davom etamiz. Boshqacha aytganda, hozirgi yutuqlarimiz bilan to'xtab qolmoqchi emasmiz. Barchasini mavsum so'nggida bilib olamiz.


Islombek Rustambekov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика