Ro'ziqul Berdiev Aliqulov markaziy hujumga o'tkazilgani haqida: “Bu uchinchi variantimiz edi”
31 okt 2022 08:25
Yangiliklar


Ro'ziqul Berdiev Aliqulov markaziy hujumga o'tkazilgani haqida: “Bu uchinchi variantimiz edi”
O'zbekiston Kubogi finalida “Navbahor” ustidan qo'lga kiritilgan g'alabadan keyin “Nasaf” bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Albatta, bundan juda ham xursandmiz (ketma-ket 2 bor kubok g'olibligi haqida), lekin asosiy maqsadimiz hali oldinda va unga harakat qilamiz.
- Kecha tavakkal qilmayman degandingiz. Ammo 2-taym oxirida Husniddin Aliqulov markaziy hujumchiga aylandi.
- Bu uchinchi variantimiz edi. Kecha matbuot anjumanida so'raganingizda shuni nazarda tutgandim. SHunda ham ko'rdingiz, vaziyat yarata oldik.
- Superliga yo'lida uchta o'yin qoldi. Eng qiyin raqib sifatida kimni ko'rmoqdasiz?
- Uchchalasini ham. CHunki, har bir uchrashuvimiz final darajasida o'tmoqda. Ko'ryapsiz, hech bir jamoani osonlikcha yutganimiz yo'q. SHu tufayli, uchchalasiga ham jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz.
Faxriddin Ro'ziev yozib oldi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar