So’nggi yangiliklar

19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  0 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  0 19:20U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 1:0 (матнли трансляция)  30 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  3 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  1 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  8 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   18 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0

Ro'ziqul Berdiev: "Al Sadd"ga hujumkorlikdan boshqa uslub yarashmaydi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Al Sadd"ga hujumkorlikdan boshqa uslub yarashmaydi"

OCHL guruh bosqichi 2-turi doirasida "Al Sadd"ga qarshi o'yindan oldin "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev hamda futbolchi G'olib G'aybullaev fikrlarini bildirdi.

- Avvalo fursatdan foydalanib, ustoz va murabbiylarni bugungi bayram bilan tabriklayman. Aynan ustozlar, murabbiylarning ko'rsatmalari, bilimlari sababli shu darajadamiz. Ertangi raqibimiz haqida to'xtalsam, ular anchagina tajribali jamoa. Bizga yaxshi tanish. Sifatli futbol o'ynaydi. Bu o'yinga yaxshi tayyorgarlik olib bordik. Ertaga faqatgina ijobiy natijani maqsaj qilib maydonga tushamiz. Buning uchun maydonda raqibdan ko'ra ko'proq mehnat qilishga to'g'ri keladi. CHunki OCHLda o'tkinchi jamoalar yo'q, oddiy o'yinlar bo'lmaydi. Jiddiy tayyorlandik, yigitlar o'yinga shay holatda. Omadni o'z tomonimizga og'dirib, muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. 

G'olib G'aybullaev: - "Al Sadd" bizga begona jamoa emas. O'tgan yili ham ularga qarshi to'qnash kelgandik. Tarkibi yaxshi, sifatli jamoa. Qatarda yuqori obro'ga ega. Barchasini hisobga olgan holda yaxshi tayyorlandik. 

- "Al Sadd" bilan bir necha marta to'qnash kelgansizlar. Jamoaning ayni damdagi holatini qanchalik o'rgandingiz, raqibning nozik nuqtalari qanday?

- Yana bir narsani takidlash kerak, OCHL o'yinlarini o'z maydonimizda o'tkazmaganimizga ancha bo'lgandi. O'ylaymanki, bu muxlislarga ham anchagina xursandchilik taqdim qiladi. "Al Sadd" bilan o'tgan mavsumda ham o'yin o'tkazdik, bir necha yillar oldin bir guruhdan o'rin olgandik. Adashmasam, 4 o'yinda 2 marta g'alaba qozonib, 1tadan durang va mag'lubiyat qayd etganmiz. Ushbu raqib bilan natijalar yomon emas, shu sababli ertaga ham ijobiy natija kutsak bo'ladi. Buning uchun katta mehnat va kuch talab qilinadi. "Al Sadd" Osiyoning etakchi klublaridan biri hisoblanadi. Bir necha yillar oldin OCHL finaligacha etib borgan. Tarkibdagi futbolchilar Qatar termasining asosi hisoblanadi. Qatarning Rossiyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida "Al Sadd"ning umumiy hisobda 12 futbolchisi ishtirok etgan. Jamoaning so'nggi natijalari ham yomon emas. Kubok hali boshlanmadi, chempionatda esa etakchi bo'lib turibdi. Ular 5 o'yinning to'rttasida g'alaba qozongan. Raqibni imkon qadar o'rganishga harakat qildik. Yigitlarga raqibning kuchli va kuchsiz tomonlarini tushuntirib berdik. Ertangi o'yinda futbolchilarim bu jihatlarga etibor qaratadi.

- Ikkinchi davrada Husniddin Aliqulov jamoadan ketgandi. Alibek Davronov esa Osiyo o'yinlarida ishtirok etyapti. Uning o'rnini qay tariqa yopish niyatingiz bor?

- Albatta, ular biz uchun jiddiy yo'qotish. Ular nafaqat himoyada, balki, hujumda ham yaxshi harakat qilardi. Lekin tarkibda ularning o'rnini to'ldira oladigan futbolchilar bor. Biz barchasining imkonini topishimiz kerak. CHunki futbolda futbolchining jamoadan ketishi oddiy holat. Keyingi o'yinlarda ichki zaxiradagi futbolchilardan ham foydalanishga harakat qilamiz. Bir-birining o'rnini bosa oladigan futbolchilar tarkibda bor. 

- "Nasaf"ning OCHLdagi rejasi qanday?

- O'tgan yili guruh bosqichidan o'tib, pley-offga yo'llanma oldik. Bu yil ham asosiy maqsadimiz shu. Bu oson bo'lmasa ham, bizda buning uchun tajribamiz va mahoratimiz etadi. O'yinlar ko'rsatyaptiki, biz qolgan ikki jamoadan ortda emasmiz. Raqibdan jamoa sifatida kuchli bo'lishimiz va har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga tushishimiz kerak. SHundagina biz ko'zlangan maqsadga albatta erishamiz.

- "Nasaf"ning "Al Sadd"ga qarshi o'yinlarida Ro'ziqul Berdiev va G'olib G'aybullaevga qaysi yo'l qo'ygan xatolari unutilmas saboq bo'lib qolgan?

- Ushbu raqibga bir marta yutqazgan bo'lsak-da, yirik hisobda mag'lub bo'lganmiz. SHu holat alamli bo'lgan. Aslida bu darajadagi o'yinlarda yuqori daajada etiborli bo'lish, har bir vaziyatda ehtiyotkor harakat qilish kerak. OCHL o'yinlarida bu eng asosiy talab qilinadigan narsa. Ertaga bunday xatolarni qilmaslikka harakat qilamiz. Ligadagi o'yinlar ko'rsatib turibdiki, istalgan jamoa etakchi sifatida qaralgan raqibiga muammolar tug'dirmoqda. SHu sababli kamroq xato qilsangiz, natijaning yaxshi bo'lishiga sabab bo'ladi. "Al Sadd"ga qarshi o'yinlarda ishtiyoq ko'p narsalarni hal qilishi mumkin. SHu bois yigitlarni ushbu bahsga ruhan ham yaxshi tayyorlashga intilamiz. 

- "Nasaf"da yo'qotishlar bormi?

- Ha, bor. Lekin bizda ularning o'rnini bosa oladigan futbolchilar etarlicha. Umar Eshmurodov "Olimpik" bilan o'yinda ko'p bo'lmasa-da, maydonda harakat qildi. Undan keyin to'laqonli mashg'ulotlarni olib bordi. Balki Umarning jismoniy holati unchalik yaxshi emasdir, biroq uning tajribasi ertaga bizga asqotishi mumkin. Hujumchi masalasida. CHaves mashg'ulotlarda ishtirok etyapti, lekin o'yinga to'liq tayyor emas. Hali vaqt bor, barchasini vaqt ko'rsatadi. Kim yaxshi tayyorlangan bo'lsa, o'sha maydonda bo'lishi kerak. 

- Bir marta "Al Sadd"ga qarshi o'yindan oldingi matbuot anjumanida raqibning hujum chizig'i kuchli ekanligini va ularga qarshi ochiq o'yin ko'rsatib bo'lmasligini aytgandingiz. 2023 yilda ushbu raqibga qarshi ochiq o'yin ko'rsatib bo'ladimi yoki hali ham raqibning hujum chizig'i kuchlimi?

- "Al Sadd"ning o'ziga hos futboli bor. Ular doimo hujumkorlikka etibor qaratishadi. Hujum chizig'idagi legionerlari almashgan. Ular individual jihatdan kuchli futbolchilar. SHu sababli ular pozicion hujumda ham, qarshi hujumda ham yaxshi harakat qilishadi. Xohlaysizmi yo'qmi, "Al Sadd" Sizni himoyadan chiqishga majburlaydi. O'z navbatida himoyada yaxshi o'yin ko'rsatish kerak. "Al Sadd"ga kim murabbiy bo'lib kelsa ham, ularda futbolchilar almashsa ham, hujumkorlik yo'qolmagan. Ularga boshqa o'yin ham yarashmasa kerak. SHu sababli ular doimo Osiyoda etakchi bo'lib turishibdi.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика