So’nggi yangiliklar

00:45"Рома" - "Монца"  13 00:10Туркча "Эл Классико". "Галатасарой" ва "Фенербахче" муроса кўчасини танлади  6 23:43"Сити" ёзда 7 нафар футболчи билан хайрлашмоқчи  5 23:19Ишчиларни камайтираётган МЮ энди ходимлар учун бепул тушликларни ҳам бекор қилмоқчи  6 22:56Назорат учрашуви. "Қизилқум" Россия клубини мағлуб этди  1 22:09Назорат учрашуви. "Насаф" Москванинг "Спартак" жамоасига ютқазди  8 21:29Ёзда 250 кишини ишдан ҳайдаган МЮ яна 150-200 ходим ишсиз қолишини эълон қилди  12 20:54Назорат учрашуви. "Локомотив" Грузия клубини таслим қилди, 15 ёшли боланинг голи ғалабага сабаб бўлди  4 20:12"Арсенал" "Реал" юлдузи учун 85 млн евро тўлашга тайёр  5 19:45Доку "Ливерпуль" билан ўйинда АПЛ рекордини ўрнатди  7 19:19Яна бир топ-клуб Антонига қизиқмоқда  3 18:57"Барселона" Рокени сотади. Шартнома шартлари маълум  3 18:30Владимир Бубанья: "Андижон"дан кетиш? Футболда учраб туради. "Хоразм" Суперлигада барқарор жамоа бўла олади"  4 18:09Расман: Ўзбекистон, Тожикистон ва Қирғиз Республикаси Осиё кубоги-2031 ни биргаликда ўтказиш борасида ОФКга таклиф юборди  49 17:40"Манчестер Сити"да ўйнаш осон" — Нико Гонсалес  3

Ro'ziqul Berdiev: "Al Ahli"ni mag'lub etishga qodirmiz" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Al Ahli"ni mag'lub etishga qodirmiz"

OCHL 2-tur doirasidagi "Nasaf" - "Al Ahli" uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev qatnashdi.


Ro'ziqul Berdiev: Futbol bayrami boshlanishi bilan barchani tabriklaymiz. Biz bu mavsumni juda intiqlik bilan kutdik. Bizni katta futbol bayrami kutmoqda. O'yinga keladigan blsak, raqib juda kuchli jamoa. Lekin birinchi o'yin ko'rsatdiki, biz ushbu kuchli jamoani mag'lubiyatga uchratishga qodirmiz. SHu bois, ertangi bahsda futbolchilarni faqat g'alabaga tayyorlayapmiz. Umid qilamanki, ertaga muxlislarga chiroyli bayram qilib beramiz. Jamoamiz g'alaba ishtiyoqida maydonga tushadi. Deyan Bolevichni OCHL zayavkasiga kiritishga ulgurmadik. Uning agentlari bazi hujjatlarini o'z vaqtida etkazib berisha olmadi. SHu boisdan Deyan OCHL guruh bosqichida bizga yordam bera olmaydi. Bahrom Abduraximov esa o'tgan mavsumdagi so'nggi uchrashuvda qizil kartochka olgandi va bitta o'yinni o'tkazib yuborishga majbur edi. Saydullo Rahmatovni esa viza muammosi tufayli olib keta olmadik. Bunda mamurlarimizning ham sustkashligi sabab bo'ldi. Keyinchalik bu muammolar takrorlanmaydi deb o'ylayman.

- Ertaga darvozada kim turadi?
- Bizda ikkita kuchli darvozabon mavjud. SHu bois kim kuchli tayyorgarlikka ega bo'lsa, o'shani maydonga qo'yamiz. Kim darvozani qo'riqlashi ertaga aniq bo'ladi.

- Erkin Boydullaev ertaga maydonga tusha olmaydi. Uning o'rnini kim bilan to'ldirishni rejalashtirgansiz?
- Uning o'rniga kerakli varinatlarni o'ylab qo'yganmiz. Bahrom Abduraximov ham markaziy yarim himoyachi sifatida o'ynay oladi. SHuningdek, Maqsud Karimov ham bu chiqizda o'ynagan. Aziz G'aniev aslida markaziy yarim himoyachi hisoblanadi. Bu borada esa yakuniy qarorni ertaga chiqaramiz.

- "Nasaf"ning zaxira o'rindig'i juda qisqa. Ertangi o'yinda qaysidir etakchi futbolchini zaxira olib qo'yish rejasi yo'qmi? CHunki "Nasaf"ga zaxiradan maydonga tushib o'yinni kuchaytirib yuboradigan futbolchi yo'q...
- To'g'ri fikr bildirib o'tdingiz. Biz buni har doim o'ylab, rejalab qo'yganmiz. Zaxiramiz juda tor. SHu bois asosan yoshlarga imkon berishga majburmiz. Yoshlarga imkon berishdan esa qo'rqmaslik kerak. Ertaga bir qator variantlarlarni qo'llashimiz mumkin. Aynan shu jihatlarni ham o'ylab qo'yganmiz.



Maqsud Karimov: Barchani futbol bahori bilan tabriklayman. Bizni juda qiyin bahs kutib turibdi. Safardagi o'yinla tarkibimizdagi bazi yo'qotishlari sabab kerakli natijani qayd eta olmadik. Ertaga muxislarlarimiz qarshisida g'alaba qozonishni rejalashtirganmiz. Bu yo'lda ishqibozlar ham bizga katta ko'mak berishlari lozim bo'ladi. Umid qilamanki, ertanga uchrashuvda ular stadionni to'ldirib, bizning haqiqiy 12-futbolchimiz bo'la olishadi. Himoyadagi xatolar ustida ish olib borildi va ertangi uchrashuvda bu xatoliklarni takrorlamaslikka harakat qilamiz.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика