Ro'zimboy Ahmedov: "Xorij klublari bilan muzokaralar davom etmoqda"
05 jan 2016 18:20
Yangiliklar
Ro'zimboy Ahmedov: "Xorij klublari bilan muzokaralar davom etmoqda"
O'tgan mavsum jamoa sharafini himoya qilgan Ro'zimboy Ahmedov faoliyatini xorijda davom ettirishga yaqin.
Albatta “Neftchi” muxlislarini Ro'zimboyning keyingi taqdiri qiziqtirishi tabiiy. Biz esa futbolchi bilan bog'landik va so'nggi malumotlarni olishga muvaffaq bo'ldik.
- Ayni paytda Toshkentdaman, - deb gap boshladi Ro'zimboy. – Hozircha 2 ta xorij jamoasidan taklif bor. Agentlarim ayni paytda ular bilan muzokaralar o'tkazmoqda. Agar kelishuvlar muvaffaqiyatli amalga oshsa, xorijga yo'l olaman. Aynan qaysi jamoa bilan muzokara borayotgani haqida malumot bera olmayman. Barchasi rasman hal bo'lgani yo'q. Agar xorijga yo'l olmasam, “Olmaliq” jamoasidan ham taklif bor. Hammasini vaqt ko'rsatadi, - deydi Ro'zimboy Ahmedov.
“Neftchi” PFK matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar