Rojers: "Sterling - yaxshi yigit, u bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar bo'lishiga ishonaman"
22 may 2015 18:20
Yangiliklar


Rojers: "Sterling - yaxshi yigit, u bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar bo'lishiga ishonaman"
"Liverpul" bosh murabbiyi Brendan Rojers Rahim Sterling borasida fikr bildirdi.
Oldinroq uning agenti xatto haftalik maosh 900 ming funt bo'lsa ham "Liverpul" bilan shartnomani uzaytirmasligini malum qilgan edi.
"Boshqalarning so'zlariga qarab fikr bildirish qiyin. Sterling bilan uchrashish - klubning ichki ishi. Muzokaralr bo'ladimi yoki yo'q, Sterlingni "Liverpul" bilan ikki yillik shartnomasi bor. Yozda u bilan muzokaralr o'tkazilishiga ishonaman.
Rahim jamoada baxtsiz deya olmayman. U yakshanbadagi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin. Uning atrofidagi mish-mishlar Sterlingga bo'lgan munosabatimni o'zgartirmaydi, u yaxshi yigit. Biz u bilan gaplashgan gaplar faqat oramizda qoladi" - deydi Rojers.

Fikrlar