Rojers: "Liverpul" golni qanday urishni unutib qo'ydi"
03 noy 2014 16:12
Yangiliklar


Rojers: "Liverpul" golni qanday urishni unutib qo'ydi"
"Liverpul" bosh murabbiyi Brendan Rojers "Nyukasl"ga qarshi o'yindan keyinn jamoasining mavsumdagi omadsizliklarining sababi haqida so'zlab berdi.
"Biz golni qanday urishni unutib qo'ydik. O'tgan mavsumda 101 ta gol urgandik va bu gollarning 80 foizini Suares-Starrij juftligi urgan. Hammasi tushunarlik bo'lsa kerak. Bundan tashqari jamoamiz tarkibi yangi futbolchilar bilan boyitildi. Bu mavsumni omadli boshlay olmadik, ammo ishlashda davom etamiz. Mehnatning tagi rohat" - deydi Rojers.
"Liverpul" Angliya Premer-ligasining 10 ta uchrashuvida 13ta gol urdi.

Fikrlar