Roy Kin: "MYU Ronalduni hurmat qilmayapti"
03 okt 2022 11:30
Yangiliklar
Roy Kin: "MYU Ronalduni hurmat qilmayapti"
Hujumchi APLda "Manchester Siti" bilan o'yinda (3:6) zaxirada o'tirdi. Bosh murabbiy Erik ten Hag uning "faoliyatini hurmat qilgani uchun" maydonga tushirmadi.
"Yunayted" Ronalduga hurmatsizlik qilmoqda. Uni transfer oynasi yopilishidan oldin qo'yib yuborish kerak edi.
Bosh murabbiy uni saqlab qolmoqchi ekanligini aytdi. Mayli, hujumda turlicha variant bo'lishi kerak, lekin Ronalduni zaxira o'rindig'ida o'tirishi uchun qoldirib bo'lmaydi. U tarixdagi eng buyuklaridan biri va uning boradigan joyi yo'qligiga ishonish – bu bemanilik. Unda 4-5 ta yaxshi variant bor edi.
Ten Hag Ronalduga ishonmayapti. Biz uning evrokuboklarda bir necha o'yin o'tkazganini ko'rdik xolos. SHu ketishda vaziyat bundan ham yomonroq bo'ladi.
Ronalduga 2022 yilgi Jahon chempionati motivaciya beradi, ammo uning doimo zaxirada o'tirishi yaxshi emas. Menimcha, "Manchester Yunayted" faqat hurmatsizlik ko'rsatmoqda. Uni "Siti"ga qarshi o'yinda maydonga tushirish kerakmidi? Balki! Hisob 0:4 ekanligini nima farqi bor? Ronaldu shunchalik ko'p gol urganki, buni undan yaxshiroq uddalagan odam yo'q. Insonlar pressing g'oyasiga berilib ketishgan, lekin siz shunchaki to'pni kerakli joylarga uzatsangiz bo'ldi, Krishtianu gol uradi", – dedi Kin.
Fikrlar