Roy Kin Maguayrning gol nishonlashi haqida: "SHarmanda"
13 noy 2021 19:44
Yangiliklar
Roy Kin Maguayrning gol nishonlashi haqida: "SHarmanda"
"Manchester Yunayted" va Irlandiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Roy Kin MYU va Angliya termasi himoyachisi Xarri Maguayrni tanqid qildi.
28 yoshli futbolchi JCH-2022 saralashi doirasidagi Albaniyaga qarshi o'yinning 9-daqiqasida (5:0) gol urdi va qo'llarini qulog'i oldiga qo'yib, tanqidchilarga javob qaytarishga urindi.
"U oxirgi oylarda "Manchester Yunayted"da juda yomon o'ynadi. Maguayr tanqidchilarning og'zini yopdim deb o'yladi. Mening fikrimcha, bu – sharmandalik", – dedi Kin.
Fikrlar