Roy Kin: "Arsenal" kichik jamoa kabi o'ynadi"
27 sen 2024 01:18
Yangiliklar
Roy Kin: "Arsenal" kichik jamoa kabi o'ynadi"
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Roy Kin "Manchester Siti" bilan durang o'ynagan "Arsenal"ni xaraktersizlikda aybladi.
"Ular juda kuchsiz xarakterli kichik jamoadek ko'rinishdi. Ikki-uch hafta oldin ular "Brayton" bilan o'yinda ham shunday qilishgandi - darvozabon o'yin yakuniga 15 daqiqa qolganida maydonga yotib olgandi.
Lekin "Manchester Siti" bilan safarda o'ynash og'irroq. Lekin ularning o'sha o'yin va "Brayton" bilan bahs uchun kayfiyati bir xil bo'ldi.
Ular o'z maqsadlariga etishishdi, lekin umuman bo'shashish kerak emas. To'pni qabul qilib olgandan keyin to'rt-beshta pasni oldinga berish kerak. Ular "Brayton" bilan vaqtni cho'zib futbol o'ynashdi, "Man Siti" bilan o'yinda esa to'pni ololishmadi ham", - dedi Kin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar