Roy Kin Angliya terma jamoasi asosiy darvozabonini tanqid qildi
16 may 2023 10:38
Yangiliklar
Roy Kin Angliya terma jamoasi asosiy darvozabonini tanqid qildi
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Roy Kin "Everton" va Angliya terma jamoasi darvozaboni Jordan Pikford haqida gapirdi.
"Pikford darvozada, ey Xudo. U darvozada juda kichik ko'rinadi. Mayka Richards uni top-darvozabon deb atadi, ammo unday emas", – dedi Roy Kin.
Eslatib o'tamiz, Jordan Pikfordning bo'yi – 185 santimetr. Bu ushbu poziciya uchun unchalik mos emas. Ushbu mavsumda u har bir o'yinda o'rtacha 1,6 tadan ko'proq gol o'tkazib yubordi. Pikford Angliya terma jamoasi safida 52 ta o'yin o'tkazib, 39 marta darvozasidan to'p olib chiqqan.
Fikrlar