"Rostov" SHomurodovning "Roma"ga o'tishidan qancha mablag' olishi aniq
02 avg 2021 23:56
Yangiliklar
"Rostov" SHomurodovning "Roma"ga o'tishidan qancha mablag' olishi aniq
"Rostov" Eldor SHomurodovning "Roma"ga o'tishidan ham foyda ko'radi.
Eurostavka malumotlariga ko'ra, "Rostov" SHomurodovdan tushgan daromadning 15 % ini oladi.
"Roma" SHomurodovni 2.5 mln evro evaziga ijaraga olsa, "Rostov" 375 ming evro mablag'ga ega bo'ladi. Agar "Roma" Eldor SHomurodovni kelasi mavsum 17 mln evro evaziga butunlay sotib oladigan bo'lsa, "Rostov" "Jenoa"dan 1.5 mln evro miqdoridagi pulni oladi. Bu "Jenoa" ko'rgan sof foydaning (17-7.5 mln) 15% qismiga teng bo'ladi. Malumot uchun, "Jenoa" SHomurodovni 7,5 mln evroga sotib olgandi.
Eslatib o'tamiz, yaqin orada Eldor SHomurodovning rasman "Roma"ga o'tganligi elon qilinishi kutilmoqda.
Fikrlar