"Rostov" SHomurodovni 10 million evro evaziga sotishga tayyor
30 dek 2019 12:23
Yangiliklar


"Rostov" SHomurodovni 10 million evro evaziga sotishga tayyor
"Rostov" hujumchisi Eldor SHomurodov jamoadan ketishi mumkin.
Klub futbolchi bilan xayrlashishni xohlamayapti, ammo "Rostov" 10 million evrolik taklif qabul qilib olsa, bu amalga oshishi mumkin.
Qayd etish kerakki, forvardning o'zi ham jiddiy takliflar tushsa, klubdan ketishga qarshi emas. SHomurodovni Rossiyaning top-klublaridan tashqari, Franciya va Germaniya jamoalari ham kuzatmoqda. Oldinroq, o'zbekistonlik futbolchi qishki transferlar oynasida CSKA o'tishi mumkinligi aytilgan edi.
SHomurodov joriy mavsum "Rostov" safida 21ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 6ta assist qayd etdi.
Transfermarkt O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisini 6,5 million evroga baholagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar