"Rostov" muxlislari jamoaning o'yinlarini boykot qiladi
09 okt 2020 21:26
Yangiliklar


"Rostov" muxlislari jamoaning o'yinlarini boykot qiladi
"Sariq-ko'klar" 18 oktyabr kuni "Axmat" bilan kuch sinashadi, ammo bu o'yinga muxlislar tashrif buyurmasligi mumkin.
"Rostov" klubi muxlislarining faol guruhlari endi jamoaning uy o'yinlariga kelmasliklarini elon qilishdi. Bu haqda 161.RU vaziyatdan xabardor manbaga asoslanib xabar qildi. "Rostov"ning keyingi uy o'yini 18 oktyabr kuni Groyzniyning "Axmat" klubiga qarshi o'tkaziladi.
Takidlanishicha, ushbu qaror bir nechta omillarning natijasidir. Malumot uchun, 4 oktyabr kuni "Rostov" muxlisi Roman Bolotov ijtimoiy tarmoqlarda ochiq xat yozib, jamoa stadioniga bormasligini malum qilgan edi. Uning so'zlariga ko'ra, Bolotov bunday qarorga huquqni muhofaza qilish organlari unga bosim o'tkazgani tufayli kelgan.
Qo'shimcha qilish mumkinki, yaqinda "Zenit" muxlislari "Spartak" bilan o'yin oldidan bannerlar cenzurasidan nolishgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar