So’nggi yangiliklar

21:05"Барселона"ни таслим этган Усмон Дембеле ЕЧЛда ҳафта ўйинчиси деб топилди  2 20:44Муҳсин Низомиддинов: «Ҳар икки жамоани ажойиб ўйин билан табриклайман»  0 20:32Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон иккинчи турда Ироқни мағлуб этди  6 20:30Максим Шацких: "Захирада деярли ёш болалар ўтиришди"  4 20:10U-23 Осиё Кубоги. Корея Ли Ён Жуннинг дубли эвазига Хитойни мағлуб этди  1 19:54Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" Сирдарё ФАга 5 та гол урди, "Металлург" ишончли ғалабага эришиб, плей-оффга чиқди, "Қўқон-1912" сафарда "Пахтакор" билан дуранг ўйнади  21 19:29Ўзил "Эл Класико" даражаси тушишида "Барселона"ни айблади  7 19:05Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Қўқон-1912" 0:0. Highlights  1 18:45"Камп Ноу"нинг очилиш санаси маълум бўлди  2 18:20АПЛнинг икки жамоаси "Лейпциг" ҳужумчисига даъвогар  1 17:50Мерсон: "Манчестер Сити" "Реал"ни шарманда қилди"  37 17:23АПЛнинг топ-клублари "Кристал Пэлас" вингерига қизиқишмоқда  0 16:56"Бу буюк мамлакат – Ўзбекистондаги биринчи ФИФА турнири бўлади" — Жанни Инфантино  10 16:30"Барселона" мухлисларининг Париждаги хатти-ҳаракати учун жаримага тортилди  1 16:01"Барселона" Ханси Фликни эҳтимолий бош мураббий деб ҳисобламайди  2

"Rostov" SHomurodovning goli evaziga g'alaba qozondi va 2-o'ringa chiqib oldi Yangiliklar

"Rostov" SHomurodovning goli evaziga g'alaba qozondi va 2-o'ringa chiqib oldi

"Rostov" hamda "Krilya Sovetov" o'rtasidagi Rossiya Premer-ligasining 5-tur uchrashuvi yakunlandi.

FC Rostov

Eldor Shomurodov - 33'

Premier League . 5-tur

12/08/2019, 22:00

0
:
1
Tugadi

Krylya Sovetov Samara

Stadion: Rostov Arena

45'
90'
33'  Eldor Shomurodov
33'  Aleksey Ionov
55'  Khoren Bayramyan (Aleksandr Zuev)
63'  Dmitri Chistyakov
64'  Alexey Kozlov
72'  Aleksey Ionov (Danil Glebov)
88'  Sergey Pesyakov
89'  Evgeny Chernov (Arseniy Logashov)
70'  Alexander Anyukov (Anton Zinkovskiy)
73'  Radu Ginsari (Dejan Radonjic)
87'  Aleksandr Sobolev (Egor Golenkov)


"Rostov" – "Krilya Sovetov" 1:0

"Rostov-Arena"

Gol: 1:0 – 33 SHomurodov.

"Rostov": Pesyakov, Kozlov, CHistyakov, Sigurdsson, CHernov (Dolgov, 90), Eremenko, Ionov (Glebov, 73), Bayramyan (Zuev, 55), Popov, Normann, SHomurodov.

"Krilya Sovetov": Rijikov, Karpov, CHernov, Anyukov (Zinkovskiy, 70), Kombarov, Gackan, Timofeev, Kabutov, Ginsar (Radonich, 73), Kanunnikov, Sobolev (Golenkov, 87).

Ogohlantirishlar: CHistyakov (63), Kozlov (64), Pesyakov (88).


Rossiya Premer-ligasi turnir jadvali bilan tanishing.


UCHRASHUV YAKUNLANDI!


90+2. ZARBAAAA! "Rostov" posboni Pesyakov jamoasini muqarrar goldan qutqardi. Qoyil! Darvoza to'sini ostiga berilgan zarba posbon tomonidan qaytarildi.

90+1. "Rostov" darvozasi oldida navbatdagi jarima zarbasi...

90. O'zgarish: CHernov o'rniga Logashov.

89. Agar "Rostov" g'alaba qozonsa jamoa turnir jadvalida 2-o'ringa chiqib oladi. Turnir jadvali bu erda: ROSSIYA PREMER-LIGASI

88. Sobolev o'rniga Golenkov maydonga tushdi.

87. To'p jarima maydonchasi ichiga uzatildi, Radonichning bosh bilan bergan zarbasi juda noaniq ketdi.

86. Mezbon jamoa darvozasi oldida xavfli standart. Mezbon jamoa vakillari qo'pol o'ynashdi.

83. CHERNOV! "Krilya Sovetov" raqib jarima maydonchasi oldida standartga ega bo'ldi. CHernov uzatilgan to'pni bosh bilan darvozaga yo'llashda biroz xatoga yo'l qo'ydi, aks xolda hisob tenglashishi mumkin edi.

81. "Rostov" to'pni nazorat qilayotgani tufayli mehmonlar qarshi hujumga tayanib o'ynashmoqda. 

77. Rostovliklar raqib jamoani o'z jarima maydonchasiga qamab oldi va ketma-ket hujumlar uyushtirmoqda.

73. O'zgarish: Ionov o'rniga Glebov. Ginsar o'rniga Radonich.

72. Malumotlarga ko'ra, Turkiya klublarining skautlari ushbu uchrashuvni stadiondan tomosha qilishayotgan ekan

70. "Rostov" - "Krilya Sovetov" uchrashuvini tomosha qilish uchun stadionga 28 674 nafar muxlis tashrif buyurdi.

69. "Rostov" qarshi hujumga o'tdi, SHomurodov to'pni uzatishga kech qoldi va raqib to'pni olib qo'ydi. Eldor jarohat olganga o'xshadi, biroq u o'rnidan turib, o'yinni davom ettirmoqda.

66. Mezbonlar qarshi hujumga o'tdi, to'p bilan ketayotgan Zuev pas berishda xatoga yo'l qo'ydi va qarshi hujum yakunlandi.

64. "Rostov" safida yana bir futbolchi sariq kartochka oldi. Kozlov bu safar qoida buzdi.

63. CHistyakov maydon markazidan qo'l bilan o'ynagani uchun sariq kartochka bilan ogohlantirildi.

62. "Rostov" asta-sekinlik bilan o'yinni raqib maydoniga ko'chirmoqda.

59. Uchrashuv tempi biroz pasaydi. "Rostov" raqibni tinchlantirishga muvaffaq bo'ldi.

55. O'zgarish: Bayramyan o'rniga Zuev maydonga tushdi.

53. "Rostov" so'nggi 5 daqiqa ichida bir marta hujumga o'tdi, raqib jarima maydonchasi ichigacha etib borgan rostovliklar pas berishda xato qilib, to'pni boy berishdi.

51. Jarima zarbasi Eremenkoning yuziga tegdi va xavf bartaraf etildi.

50. Mezbonlar jarima maydonchasi oldida qoida buzildi. "Rostov" darvozasi oldida xavfli standart.

48. "Krilya Sovetov" so'nggi ikki daqiqa ichida raqib jarima maydonchasi oldida faol bo'ldi, ammo hozircha "Rostov" himoyasi ishonchli o'ynamoqda.

47. Tarkibda o'zgarishlar yo'q.

46. Ikkinchi bo'li boshlandi!

Rossiya Premer-ligasi to'purarlari
Eldor SHomurodov ("Rostov") - 4ta gol
Artyom Dzyuba ("Zenit") - 4ta gol
Aleksandr Sobolev ("Krilya Sovetov") - 4ta gol

- Saytimizdan uzoqlashmang, Telegram kanalimizda SHomurodovning golini tomosha qilishingiz mumkin.

TANAFFUS

45. "Rostov" himoyachisi CHistyakov jarimadan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga burishga urindi. To'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

40. EREMENKO! "Rostov" yarim himoyachisi zarba berish uchun ajoyib vaziyatga ega bo'ldi va zarba ham berdi. Afsuski zarbani SHomurodov o'zi bilmagan holda qaytarib qoldi.

38. Goldan so'ng ustunlik mezbonlar tomonga o'tdi. "Rostov" nokdaunga uchragan raqibiga zarbalar berishda davom etyapti.

33. SHOMURODOOOOOOOV! GOOOOOOOLLLLL!!! Ionov chap qanotdan to'pni raqibi oyog'i orasida oldi va jamoadoshiga pas berdi. To'pni qaytib qabul qilgan Ionov erlatib jarima maydonchasi ichiga pas berdi. ELDOR to'pni bir tegish bilan darvozaga burdi! 1:0. 

GOLNI TELEGRAM KANALIMIZDAN KO'CHIRIB OLISHINGIZ MUMKIN!

31. SHomurodov zerikarli o'yinga rozi emas, u to'pni qabul qilishi bilan raqib darvozasini ishg'ol qilishga urindi. Hamyurtimizning zarbasi noaniq, ammo u "Krilya" safidagi to'purardan faolroq harakat qilmoqda.

30. O'yin ancha tinchlandi, to'p ko'proq markazda aylanyapti. Jamoalar navbati bilan to'pni oldirib, muxlislarni zeriktirishmoqda.

25. Statistika

Burchak zarbalari: 2:0

Zarbalar: 6:3

Aniq zarbalar: 3:0


24. "Rostov" posboni Pesyakov raqib hujumga o'tayotganini ko'rib darvozasini tashlab chiqdi va to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi.

22. To'pga egalik qilish bo'yicha kichik ustunlik "Rostov" tomonda.

19. Popov! "Rostov" yarim himoyachisi o'ng qanotdan to'pni jarima maydonchasi ichiga tashladi, raqib himoyachilarni to'pni qaytarishdi, Popov qaytgan to'pga kuchli zarba berishga urindi, ammo noaniq.

18. Normann maydon markaziga yaqin hududdan to'pni "Krilya" jarima maydonchasiga uzatdi, SHomurodov bosh bilan darvozaga zarba berishga urindi va buning uddasidan chiqdi, ammo zarbaga kuch etishmadi.

"Krilya Sovetov" ustozi Miodrag Bojovich haqida qisqacha:

- 1968 yil Sobiq Yugoslaviya respublikasida tug'ilgan

- Murabbiylik faoliyati davomida "Xayduk", "Amkar", "Dinamo" (Moskva), "Rostov", "Lokomotiv" (Moskva), "Crvena Zvezda" kabi klublarni boshqargan.

11. Ionov! Eldor havodan uzatilgan to'pni ko'kragi bilan Ionovga tashlab berdi, uning zarbasini darvozabon qaytardi. Ishlab olingan burchak zarbasidan esa naf chiqmadi.

9. CHernov o'ng qanotdan to'pni jarima maydonchasiga tashladi, himoyachi halaqit qilsada SHomurodov esa oyog'i bilan to'pni darvozaga to'g'irlashga urindi. Rijikov to'pni ushlab oldi.

6. "Krilya Sovetov" raqib jarima maydonchasining o'ng tomonida jarima zarbasiga ega bo'ldi. Standartdan jarima maydonchasiga uzatilgan to'p mezbon himoyachilari tomonidan qaytarildi.

5. Jamoalar biroz tempni pasaytirishdi.

2. Mezbonlar uchrashuvni juda faol boshlashdi, tezkor gol "Rostov"ga katta ustunlik beradi.

1. Xushtak chalindi va uchrashuv boshlandi!

- Bugun Rossiya Premer-ligasining ikki to'purari Eldor SHomurodov (3ta gol) va Aleksandr Sobolev (4ta gol, "Krilya Sovetov") kim kuchliroq ekanligini namoyish etishadi.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

- Hamyurtimiz Eldor SHomurodov bir o'yinda suzuvchilarning qalpog'i bilan maydonga tushgani esingizdami? "Rostov" yoshlarida unga havas qiladigan yigit bor ekan, ammo u qalpoq bilan emas, balki suzish uchun mo'ljallangan ko'zoynakda o'ynar ekan (bu albatta hazil).


- Eslatib o'tamiz, joriy mavsumdan boshlab Rossiya Premer-ligasida VAR tizimi qo'llanilmoqda.


- Jamoalar o'yinga tayyor, sizga esa eng so'nggi suratlarni etkazib turamiz.


- Assalomu alaykum hurmatli "Championat.asia" sayti o'quvchilari, bir necha daqiqalardan so'ng Rostovdagi "Rostov Arena" stadionida "Rostov" hamda "Krilya Sovetov" o'rtasidagi Rossiya Premer-ligasining 5-tur uchrashuvi boshlanadi. Tarkiblar bilan pastroqda tanishib olishingiz mumkin.

Reyting: +115   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика