"Rostov" Azmunni Osiyo Kubogi U23ga qo'yib yubormadi
02 jan 2016 13:54
Yangiliklar
"Rostov" Azmunni Osiyo Kubogi U23ga qo'yib yubormadi
"Rostov" rahbariyati Eron terma jamoasi hujumchisi Sardor Azmunni 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo Kubogiga qo'yib yubormadi.
Turnir 12dan 30 yanvargacha Qatardan bo'lib o'tadi va bu muddat FIFA tomonidan tasdiqlanmagan, shu sababli klublar futbolchilarni qo'yib yuborishi majburiy emas. Osiyo Kubogi 2016 yilda bo'lib o'tadigan Olimpiada o'yinlari uchun saralash turniridir va musobaqada medallarga ega bo'lgan jamoalar Braziliyaga yo'l oladi.
Eron terma jamoasi Osiyo Kubogida Qatar, Suriya va Xitoy bilan bir guruhdan joy olgan.
Dekabr oyida Azmun klubdan ruhsat olsa Osiyo Kubogiga borishini aytgan edi.
SHu bilan birga, Gollandiyaning "AZ Alkmar" klubi rahbariyati esa Alirizo Jahonbaxshni ham turnirda ishtirok etishiga ruhsat bermadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar