"Rostov-Arena" qurilishida 20 yoshli ishchi jiddiy jarohat olib, halok bo'ldi
04 fev 2017 12:22
Yangiliklar
"Rostov-Arena" qurilishida 20 yoshli ishchi jiddiy jarohat olib, halok bo'ldi
Rostovda JCH-2018ga qurilayotgan stadionda ishchini metal plita bosib qoldi.
Tragediya 2 fevral kuni sodir bo'ldi. "Rostov-Arena" qurilishida Ahmad ismli ishchi metal plita ostida qolib ketdi. Guvohlarning so'zlariga ko'ra, yigit 2 soat xushsiz yotgan. Tez yordam kechga yaqin kelgan. U olingan jarohatlar tufayli 3 fevral kuni shahar kasalxonasida vafot etdi.
Eslatib o'tamiz, bu JCH-2018 stadionlari qurilishidagi birinchi holat emas.
Fikrlar