Rossiyadagi JCH so'nggisi bo'lishi mumkin bo'lgan 11 futbolchi
03 apr 2018 19:35
Yangiliklar
Rossiyadagi JCH so'nggisi bo'lishi mumkin bo'lgan 11 futbolchi
JCHdagi omadli ishtirok - futbolchining faoliyatidagi eng yorqin lahzalarni taqdim etadi. Buffon kabi buyuklar bilan xayrlashish, Rossiyadagi JCHda ishtirok etmaydigan afsonaviy futbolchilar haqida o'ylash esa juda og'ir. Biz sizlarga futbol uchun yoshi qariyotgan, Rossiyadagi mundial ular uchun so'nggisi bo'lishi kutilayotgan 11 futbolchi haqida to'xtalamiz.
IGOR AKNIFEEV, 32 yosh
Igor hali bir necha yillar davomida CSKA sharafini himoya qilar, biroq Qatardagi jahon chempionatida uning o'rnida boshqa darvozabon bo'lishi katta ehtimol.
Lunev, Selixov, Mitryushkin yoki Gabulov - ayni damda yaxshi o'yin namoyish etishmoqda. Akinfeev XXI asrda Rossiyada asosiy va eng yaxshi darvozabon ekanligini hech kim rad eta olmaydi. U termasini Evro-2016ga olib chiqishda juda yaxshi o'yin namoyish etdi, biroq turnirning asosiy qismida hech qanday yordam bera olmadi. Igor barqaror o'yin namoyish etadi, biroq uning ECHLda har bir uchrashuvda gol o'tkazishi juda achinarli holat bo'ldi. Bu memlarga ham sababchi bo'ldi. Biroq kimdir Suares, Kavani va Salohni to'xtatishi kerak-ku.
RAFAEL MARKES, 39 yosh
Meksika futbolining afsonasi hali ham maydonda. Rafael uch chempionatni, Evropa chempionlar ligasini qo'lga kiritdi. Endi esa Gvadalaxaraning "Atlas" jamoasi tarkibida o'ynab, futboldan ketishga tayyorlanmoqda. Yozda u Rossiyadagi jahon chempionatiga boradi. U Meksika aholisi uchun Montesumadan keyingi mo'jiza. U oldingi to'rt JCHda terma sardori bo'lgan va har doim pley-offga olib chiqqan. Bunday tajribasi bilan u milliy terma uchun foydali futbolchi bo'lishi mumkin.
VENSAN KOMPANI, 32 yosh
Agarda "Google"ga "Vensan Kompani" deb yozsangiz, yonida "Jarohat" degan so'z kelib chiqadi. Bunday jarohat olaversa, Qatardagi JCHgacha etib bora olmaydi. Muammo shundaki, u Rossiyadagi JCHga biroz vaqt qolganida jarohat olmaydimi?"Man Siti"ning 31 yoshli sardori - triller kinolarning qahramoniga o'xshaydi. Uning sog' omon faoliyatini yakunlashiga ham hech kim ishonmaydi. Biroq barchasiga vaqt hukmdor, balkim u jarohat olmasdan Qatardagi JCHga ham borar...
TYAGO SILVA VA DANI ALVES, 33 yosh va 35 yosh
Ikki futbolchi ham Braziliya termasining JCH-2014dagi yarim finaldagi uchrashuvida qatnashmagan. O'shanda jarohatlangan Neymarning ortidan braziliyaliklar Germaniya tomonidan sharmandalarcha mag'lub etilgandi. Silva o'shanda diskvalifikaciya sababli o'ynamagan bo'lsa, Alves zaxirada qolgandi. Pentakampeonlarning revansh oladigan vaqti keldi. Ayniqsa ushbu ikki futbolchi Rossiyadagi JCHda Germaniyani mag'lub etishni juda istashmoqda. CHunki bu mundial ular uchun so'nggisi bo'lishi mumkin.
LUKA MODRICH, 32 yosh
Bu futbolchi faoliyati davomida to'p oshirishlarining 90 foizini aniq oshirib bergan. SHuningdek, standartlarni ideal darajada amalga oshiradi. U faqatgina Ronaldu va Beylgagina emas, boshqa sheriklariga ham qoyilmaqom paslarni bera oladi. Luka sayyoramizdagi eng mukammal yarim himoyachilardan biri.
U ayni damda 32 yoshda, 33ga qarab ketmoqda. Qatardagi JCHgacha yoshi 37ga kiradi. Modrich faoliyati davomida uch marta ECHL g'olibi bo'ldi.
XAVER MASKERANO, 34 yosh
U Argentinaning tilla futbolchilaridan. Biroq u so'nggi vaqtlarda ikkinchi darajali futbolchiga aylanib qoldi. U Amerika kubogining to'rt karra finalchisi, biroq g'olib bo'lmadi. U Argentina termasi bilan Olimpiadada g'oliblikni qo'lga kiritgan.
34 yoshga kirgan futbolchi terma bilan so'nggi JCHni o'tkazishi mumkin. SHu boisdan u Leo Messi bilan birgalikda mundial g'olibligini qo'lga kiritishga intiladi.
ANDRES INESTA VA DAVID SILVA, 34 yosh va 32 yosh
Andres keyingi yili ham, balkim undan keyingisida ham, albatta, o'zi xohlasa termaga foydasiga tegadi. Zamonaviy futbolchilar aynan uning o'yinlarini tomosha qilishlari kerak. U Lopetegi termasining muhim figuralaridan biri. Silva ham Inesta kabi ikki karra Evropa chempioni. 34 va 32 kirgan futbolchilar hozirda yuqori jismoniy holatda bo'lsalar ham, 4 yildan keyin ham hozirgidek bo'lishlari juda qiyin. SHu boisdan ham Rossiyadagi JCH ular uchun so'nggisi bo'lish ehtimoli bor.
TIM KEYXILL, 38 yosh
Ha, bu yigit hali ham futbol o'ynamoqda. Bu mavsumda 20 yil o'tib Britaniyadagi faoliyatini boshlagan "Miluoll" tarkibiga ko'chib o'tdi. U JCH tarixidagi "sokkeruzlar"ning ilk goliga mualliflik qilgan. U 2010 va 2014 yilgi JCHda gol urishga erishgan. Uning dubli evaziga Avstraliya termasi Suriya ustidan g'alabaga erishib, JCH-2018ga yo'llanma olgandi. Albatta, mantiqan olib qaraganda 38 yoshli futbolchi uchun JCH-2018 so'nggisi bo'ladi.
RADAMEL FALKAO, 32 yosh
U terma safida JCHga boradi. Bir necha yillar oldin dunyoning elit hujumchilaridan biri bo'ldi. Franciya kubogida esa tizzasidan jarohat oldi. Yodingizdami, Braziliyadagi JCHda Xames Rodriges qanday porlagandi. O'sha vaqtda Falkao jiddiy jarohat olib mundialni o'tkazib yuborgandi. SHak-shubhasiz, Falkao termasining muhim futbolchilaridan biri. Biroq jarohatlar uning faoliyatiga jiddiy tasir etmoqda. Rossiyada esa "yo'lbars"ning so'nggi mundiali bo'lishi mumkin.
LUIS SUARES VA EDINSON KAVANI, 31 yosh
Urugvaylik hujumchilar KONMEBOLning eng yorqin tandemlardan biri. Biri "Barselona"da, biri PSJda to'purar. Ular 31 yoshga kirishdi. Albatta, hozirda ular chiroyli o'yin namoyish etishmoqda. Ammo 4 yildan keyin nima bo'lishini hech kim bilmaydi. Ularning o'yinlaridan zavq olish kerak. Bunday yoshga kirgan futbolchilar har doim ham barqaror o'yin namoyish etishmaydi. SHu boisdan ham 4 yildan keyin 35ga kiradigan futbolchilar uchun Qatardagi mundial begona bo'lishi ehtimoli bor.
LEO MESSI VA KRISHTIANU RONALDU, 31 yosh 33 yosh
Dunyo futbolining qirollari. Balkim biz xato qilayotgandirmiz, ammo shu ikki futbolchilardan biri JCH-2022da ishtirok etmasligi katta ehtimol. Vaqt - oliy hakam. U barchaga birdek tasir qiladi. Agarda bu ikki futbolchi JCHni yuta olmasa, bu unvonni qo'lga kiritmasidan faoliyatini yakunlashi juda alamli bo'ladi. Ronaldu Evropa chempionligini qo'lga kiritgan, biroq Messi o'z qitasida g'oliblikni qo'lga kirita olmagan.
Bu ikki futbolchi faoliyatini yakunlasa, bir futbol erasi tugaydi va keyingisi uchun debocha yaratiladi. Albatta ular kabi futbolchilar keyin ham bo'ladi.
Mirjalol Normatov tarjimasi
Fikrlar