So’nggi yangiliklar

11:55"Арсенал" бразилиялик футболчига қизиқиб қолди  0 11:28Родригонинг "Реал"дан "Манчестер Сити"га эҳтимолий ўтиш тафсилотлари маълум бўлди  1 10:48Превью. 8 йиллик танаффусдан сўнг "Бунёдкор" "Бухоро"ни ўз уйида мағлуб эта оладими?  3 10:20Превью. Ўтган тур мағлуб бўлган "Андижон" ва "Машъал" ўзаро баҳс олиб боради  0 09:53Флик йирик ғалабадан сўнг футболчиларини танқдид қилди  4 09:25Превью. Сўнгги турда ғалаба қозонган "Қўқон-1912" ва "Сурхон" баҳсида устунлик ким томонда?  0 08:58Гвардиола таркибдан норози эканлигини маълум қилди  10 08:40Ўртоқлик ўйинлари. "Интер" ва "Ювентус" ғалаба қозонди, "Рома" эса Саудия клуби билан дуранг ўйнади  1 08:27Sofascore. "Нол"га ўйнаган Алиқулов ва Ҳусанов, гол урган Ғаниев кечаги учрашувларда неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:56Суперлига. Бугун яна 3 та учрашув бор  2 07:25МЛС. "Интер Майами" "Лос-Анжелес Гэлакси"ни мағлуб этди, Месси захирадан тушиб, гол ва ассист қайд этди  6 06:55Суперлига. "Навбаҳор" дербида ютқазди, "Насаф" ва "Динамо" эса ўз майдонларида ғалаба қозонишди  3 01:35Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда "Аланяспор" билан дуранг ўйнади, Алиқулов тўлиқ ўйнади  1 01:31"Бавария" — Германия Суперкубоги соҳиби  0 01:07U-21 биринчилиги. Йовович ва Марушич "Насаф"га гол урди, "Сўғдиёна"дан суперкамбэк, пешқадамдан мағлубият  2

Rossiya U-20 ustozi Ivan SHabarov: "O'zbekistonlik ayrim futbolchilarni yorqin kelajak kutmoqda" Yangiliklar

Rossiya U-20 ustozi Ivan SHabarov: "O'zbekistonlik ayrim futbolchilarni yorqin kelajak kutmoqda"

Rossiya yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ivan SHabarov O'zbekiston bilan o'yindan keyin fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Sparring-raqib O'zbekistonning o'yiniga qanday baho berasiz?

- Yaxshi raqib. Bizni bu erda iliq kutib olishdi. Ozroq moslashish kerak bo'ldi, chunki Minskda sintetik qoplama maydonda harakat qilganimiz uchun bu erdagi maysaga o'rganish lozim edi. Yana bir muammo, ob-havo bilan bog'liq bo'ldi, sababi bu erda issiq boshlangan. Minskda +4°, +5° edi va hatto qor ham yog'ib yuborgan. 

Bugun zaxirada 3 nafar futbolchimiz bor edi, ikkinchi jamoamiz Minskda Belarus bilan o'ynamoqda. Yigitlarga tasanno, borlarini ko'rsata olishmagan bo'lsa-da, natija yomon bo'lmadi. 

- O'zbekistonning o'yinini qanday baholaysiz?

- U-20 Osiyo Kubogidagi ayrim o'yinlarini ko'rgandik. Ular katta ish qilishdi. Oldingi chiziqda tezkor futbolchilar harakat qilishi, himoyada 5 nafar himoyachi o'ynashidan xabarimiz bor edi. O'zbekistonlik ayrim futbolchilarni yorqin kelajak kutmoqda. 

- Kimnidir ajratib ko'rsata olasizmi?

- Zaxiradan tushgan Asad Jo'raboev va 14-raqamli Abbos Fayzullaevning o'yinlari manzur keldi – tezkor va texnikasi yuqori. "Rubin"da o'ynayotgan Umarali Rahmonaliev ham chiroyli o'yin namoyish etyapti.

- Rossiya MTJ ustozi Valeriy Karpin O'zbekiston terma jamoasini Evropadagi Sloveniya va Slovakiya darajasida ekanligi takidladi. Siz O'zbekiston yoshlarini U-20 darajasidagi qaysi termalar bilan solishtira olasiz?

- Biz ko'p jamoalarga qarshi o'ynaganmiz. Turli yillarda har xil jamoa va futbolchilar paydo bo'lmoqda. Keyinchalik yangi darajaga ko'tarilishmoqda. Biz ko'p ham xalqaro o'rtoqlik o'yinlarida qatnasha olganimiz yo'q. Oxirgi marta bir yil oldin yig'ilgandik. Sankt-Peterburgda yig'ilganimizda, turli klublar bilan bahs olib borgandik. Terma bilan 2017 yilda o'ynaganmiz. SHuning uchun hozir javobingizga javo berishim qiyin. Ko'plab jamoalar siz singari 5-2-3 sxemasida harakat qilayotganini aytib o'tishim mumkin xolos.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика