So’nggi yangiliklar

09:25"Қизилқум"нинг 2025 йилги мавсум учун қайдномаси эълон қилинди   0 08:52Opta ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини янгилади  7 08:23Sofascore. Кечаги учрашувда Жалолиддин Машариповнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:54"Бухоро"нинг 2025 йилги мавсум учун қайдномаси эълон қилинди  2 07:27Элит ОЧЛ. Бугун «Пахтакор» «Ал Ҳилол»ни меҳмон қилади  6 04:32"Жар"да қорбўрон ўйнаган "Ал Ҳилол" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  6 04:28ОФК ЭЧЛ. "Ал Васл" ғалабани қўлдан чиқарди  0 04:15А Серия. "Ювентус" ғалаба қозониб, кучли тўртликка қайтди  3 01:11"Ал Ҳилол" устози: "Биз ушбу мусобақанинг финал баҳсида ўйнашни мақсад қилганмиз"  5 23:40Пицца тайёрловчи компания МЮ устидан кулди  9 23:11Озарбайжон. Абдихолиқов тўлиқ ўйнади, Жалолиддинов захирадан баҳсга қўшилди  2 22:58ОФК ЭЧЛ. Эрондаги баҳсда гол киритилмади, Машарипов захирадан майдонга тушди  4 22:34“Ал Ҳилол”нинг мусулмон футболчилари рўза тутишмоқдами?  12 21:53FA Гвардиоланинг Англия Кубогидаги тўп ҳақидаги шикоятларига жавоби: "У ФИФА талабларига мувофиқ синовдан ўтказилди"  1 21:38Гвардиолага Англия Кубогидаги тўплар ёқмаяпти  1

Rossiya terma jamoalari va klublarining chetlatilishi... Bu adolatdanmi? Yangiliklar

Rossiya terma jamoalari va klublarining chetlatilishi... Bu adolatdanmi?

FIFA rasmiy sayti barcha yoshdagi Rossiya terma jamoalari va klublari xalqaro musobaqalardan chetlatilgani haqida xabar berdi.

Bu xabar UEFA saytida ham chop etildi. Rossiya terma jamoasi shu yilning mart oyida Polshaga qarshi JCH-2022 saralash bosqichidan o'rin olgan pley-off bahsida maydonga tushishi lozim edi. Ammo kechagi qarordan keyin o'yin o'tkazilmaydigan bo'ldi. 

FIFAning bu qarori faqat Rossiya terma jamoasiga tasir qilib qolmadi. Malumki, Moskvaning "Spartak" klubi 10 va 17 mart kunlari Evropa Ligasi 1/8 finalida "Leypcig" jamoasiga qarshi ikkita o'yin o'tkazishi lozim edi. Endilikda mazkur bellashuv ham o'tkazilmaydi. 

FIFA va UEFA Rossiya yon qo'shnisi Ukrainaga urush elon qilishi natijasida shunday qaror qabul qilishga majbur bo'ldi. Avvalroq Rossiya mezbonlik qiladigan sportning bir nechta turlari bo'yicha xalqaro musobaqalar ham mamlakatdan olib qo'yilgani haqida malumot berilgandi. Xususan Evropa chempionlar ligasining bu yilgi finali Sankt-Peterburgda bo'lib o'tishi lozim edi, lekin endi finalga boshqa davlat mezbonlik qiladi.

Sport bu - siyosatmi?

Bu borada turli fikrlar yuradi. Kimdir sportni siyosatga qiyoslasa, kimdir sport siyosatdan xoli bo'lishi va o'z yo'lidan ketishi kerak deydi. Hozirgi vaziyatda aytaylik, nufuzli musobaqalar mezbonligini Rossiyadan olib qo'yish to'g'ridir, lekin jamoalarini chetlatish qanchalik adolatli bu borada chuqur o'ylash kerak bo'ladi. 

O'zbeklarda bir maqol bor: burgaga achchiq qilib, ko'rpani yoqma. Xo'p mayli, Rossiya Ukrainaga urush elon qildi, bunga hech kim befarq emas, lekin nima bo'lganda ham bu siyosat. Sport esa doim o'z yo'lidan ketishi kerak degan fikrdamiz. 

Urush sabab terma jamoalar va klublarni chetlatish sport tamoyillariga to'g'ri keladimi? Aytaylik, Rossiya termasi JCH saralash bahsini o'z maydonida emas, neytral stadionda o'ynasin, klublari ham toki vaziyat yumshamaguncha neytral maydonlarda to'p tepsin, lekin chetlatish har doim eng oxirgi qadam bo'lishi kerak.

Bu qarordan birinchi navbatda sportchilar, sport ichidagilar jabr ko'radi. Qolaversa urushni sabab qilib, klublar va terma jamoalarni chetlatish yaxshilikka olib keladi degan gapga ishonish qiyin.

 

Bundan ko'pchilik norozi

FIFA va UEFAning Rossiya terma jamoalari va klublariga nisbatan qarori elon qilingach, ko'pchilik futbol kishilari bu borada o'z fikrlarini aytishdi. Xususan, "Spartak" klubi sobiq bosh murabbiyi Massimo Karrera shunday dedi: "Mening fikrimcha, sport barcha turdagi siyosat masalalaridan xoli bo'lishi kerak. O'ylaymanki, tez orada Rossiya sporti bilan bog'liq muammo barham topadi va Er yuzida yana tinchlik hukm suradi". 

"Rubin" bosh murabbiyi Leonid Sluckiyning fikri esa quyidagicha bo'ldi: "Hammamiz tinchlik tarafdorimiz. Jamoamdagi barcha futbolchilar maydonga chiqib chiroyli o'yin ko'rsatishni xohlaydi". 

"Zenit" bosh murabbiyi Sergey Semak ham bo'layotgan voqealarga munosabat bildirdi: "Terma jamoa va klublarimizning chetlatilishi Zenit"ga tasir qiladimi? Bilmayman. Mening ishim - o'z vazifamni bajarish. Adolat haqida gapiradigan bo'lsam, sport bu - sport va hech qachon siyosatga aralashmasligi kerak. Men xohlaymanki, barcha sportchilar o'zlari yoqtirgan kasb bilan mashg'ul bo'lsin". 

Rossiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin FIFAning qaroridan hayratda ekanini yashirmadi: "SHuni aytishim mumkin, bu qarordan barcha murabbiylar hayratda. Men eng ko'p futbolchilarga achinyapman, chunki JCH saralash o'yinlarida maydonga tushishni judayam xohlagandik. O'ylaymanki, tez orada FIFA va UEFA bizga nisbatan qo'llagan sankciyasidan voz kechadi".


Rossiya futbol uyushmasining bayonoti

Rossiya futbol uyushmasi FIFA va UEFAning keskin qaroriga darhol javob qaytardi: "Biz bu qarorga umuman qo'shilmaymiz. Bu sport normalariga umuman to'g'ri kelmaydi. Bu qaror navbatdagi diskriminacion xarakterni keltirib chiqaradi va ko'plab sportchilar, murabbiylar, sport ichidagi oddiy ishchi-xodimlar va eng asosiysi millionlab rossiyalik muxlislar zarariga xizmat qiladi". 

Endi nima bo'ladi?

Ko'rinib turibdi, aslida hech bir associaciya Rossiya vakillarini chetlatishdan manfaatdor emas. Bu go'yoki Ukrainadagi vaziyat yumshashi uchun qilinayotgan harakatga o'xshaydi. Bu tomondan olib qarasak, bunday chetlatishlar vaqtinchalik holat ekani oydinlashadi va urush tugashi bilan yana sankciyalar bekor qilinadi. Lekin ikkinchi tomondan, bu kabi qarorlardan avvalo sport jabr chekyapti. Sport siyosatdan xoli bo'lishi kerak deymiz-u, lekin vaziyatni o'zingiz ko'rib turibsiz.

X.Xoliqov.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика