So’nggi yangiliklar

14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  0 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  8 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  5 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  17 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  28 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0

Rossiya Superkubogi. "Temiryo'lchilar" "Spartak"ni "bosib ketmoqchi" Yangiliklar

Rossiya Superkubogi. "Temiryo'lchilar" "Spartak"ni "bosib ketmoqchi"

Bugun, 14 iyul Toshkent vaqti bilan 23:30da "Lokomotiv" stadionida Rossiya Superkubogi uchun bahs start oladi.

Rossiya futbolida mavsumlar oralig'i juda kam vaqtni tashkil qildi. Ertaga Rossiya chempionati o'yinlari boshlanadi.

2016/17 mavsum natijalari eski davrlardagidek bo'ldi. "Spartak" so'nggi marotaba 2003 yilda ahamiyatlik natijaga erishgandi (Rossiya Kubogi g'olibi). "Qizil-oqlar" bundan 16 yil oldin Rossiya chempioni nomiga sazovor bo'lishgan. Oradan shuncha vaqt o'tib Antonio Konte yordamchisi Massimo Karrera "Spartak"ka turnir jadvalining birinchi o'rnini olib berdi.

2016 yilning yozida "temiryo'lchilar" rahbariyatida o'zgarish ro'y berdi va Yuriy Syomin o'zining sevimli jamoasiga qaytdi. Klub uning qo'l ostida Rossiya Kubogida muvaffaqiyatga erishdi.

"Lokomotiv" va "Spartak" 2009 yilgacha Rossiya Superkubogi uchun bahslarda muntazam qatnashib kelgan. "Temiryo'lchilar" ushbu turnirning ilk g'oliblari hisoblanishadi: 2003 yilda jamoa penaltilar seriyasida CSKAni taslim etgan. Ikki yil o'tib "Lokomotiv" Dmitriy Loskovning goli tufayli "Terek"ni mahf etdi va ikkinchi bor Superkubokda g'alabani tantana qildi. Ikki muvaffaqiyat Yuriy Syomin qo'l ostida amalga oshdi. O'shandan so'ng "Loko" ikki marotaba Superkubokda ishtirok etdi va ikki marotaba "Zenit"ga imkoniyatni boy berdi.

"Spartak" XXI asr boshlarida rus futbolida yana cho'qqiga chiqmoqchi bo'ldi. Jamoa bir necha marotaba ikkinchi o'rinni egalladi, CHempionlar ligasida o'ynadi. Ammo g'alabaga erisha olmadi. 2004, 2006 va 2007 yillarda "qizil-oqlar" mamlakat Superkubogini yutib olish imkoniyatiga ega bo'lgandi, ammo har safar CSKA ularni taslim etgan. Massimo Karrera "Spartak" kollekciyasiga etishmayotgan sovrinni qo'shib qo'ya oladimi?


Jamoa yangiliklari

"SPARTAK"

"Spartak" hozirgacha Rossiya Superkubogini qo'lga kiritmagan. Jamoa uch marotaba CSKAga qarshi o'ynab, har uchchalasida ham mag'lub bo'lgan. Italiyalik mutaxassis Massimo Karrerada o'z ismini "qizil-oqlar" tarixiga yozib qo'ydirish uchun ajoyib imkoniyat bor. Superkubok - "Spartak"da yo'q yagona rus sovrini. Karrera esa maksimalchi, u ushbu jihatini taqdirlash marosimida ko'rsatgan. Italiyalik oltin medalni olishi bilan, uni echib qo'ydi. Oldinda yangi chaqiruvlar kutib turibdi.

"Spartak" tez orada CHempionlar ligasidagi o'yinlarini boshlaydi. Ammo "qizil-oqlar" bu turnir uchun hech qanday xarid amalga oshirishgani yo'q. Mamlakat chempionlari 1 mln. evro evaziga "Anji"dan Georgiy Tigievni sotib olishdi, Marko Petkovichni esa erkin agent sifatida o'z saflariga qo'shib qo'yishdi. Mish-mishlar bor: Fyodor Smolov va Maksim Kanunnikov moskvaliklar safiga o'tishi mumkin.

Xatto hech qanday transfer amalga oshmasa ham, "Spartak"ning hujum chizig'i avvalgi mavsumga qaraganda kuchsizlanmaydi. Muammo bo'ladigan chiziq - yarim himoya. Mamlakatning eng yaxshi futbolchilaridan biri Roman Zobnin Konfederaciyalar Kubogidan oldin alamli jarohatga ega bo'ldi, u hali ko'p vaqt maydonga tusha olmaydi. Massimo Karrera rossiyalik futbolchi o'rnini to'ldirishi kerak, chunki hozircha legionerlar limitini hech kim bekor qilgani yo'q.



"LOKOMOTIV"

"Lokomotiv" "Spartak"ni o'z stadionida qabul qiladi. Ammo rasman "temiryo'lchilar" mezbon emas. Ushbu stadionda yangi mavsum oldidan kosmetik tamirlash ishlari amalga oshirildi. Yangi tablolar paydo bo'ldi, muxlislar sig'imi kamaydi, arenaning tashqi ko'rinishi o'zgartirildi.

"Lokomotiv" katta poygaga qaytmoqchi, jamoa yuqori o'rinlar uchun kurashmoqchi. Biroq klub katta pullar evaziga faqat bir-ikki futbolchini xarid qilishi mumkin. "Lokomotiv" "Rubin" himoyachisi Solomon Kverkliyaga 2,5 mln. evro sarfladi. Darvozabon Nikita Medvedev tekinga o'tdi, Ari va Igor Denisov uchun ham pul to'lash zaruriyati bo'lmadi. Yuriy Syomin Maykon yo'qotishidan afsusda.

"Lokomotiv" o'z futbolchilarini qaytara boshladi. Jamoa "Vitess"ga o'ynayotgan o'z tarbiyalanuvchisi Arshak Koryan bilan ikki yillik shartnoma tuzdi. Bundan tashqari, klub "Rubin"dan Rifat Jemaletdinovni qaytarmoqchi.



Etakchi futbolchilar

KVINSI PROMES ("Spartak")

Kvinsi Promes vadasining ustidan chiqdi - u "Spartak"ni chempionga aylantirdi. Rus klubi rahbariyati va futbolchi bekorga yangi shartnoma borasida uzoq muzokara olib borgani yo'q. "Qizil-oqlar" ishqibozlari jamoaning etakchisini yaxshi ko'rishadi, u ham muxlislarni xuddi shunday sevadi.

Kvinsi Promes ketmoqchi bo'lsa, faqat yirik klublarga o'tadi, o'rta darajadagi klublarda to'p tepishdan mano yo'q deb hisoblaydi. U har safar "Spartak"ka bo'lgan mehrini alohida takidlab o'tadi. CHempionlikka erishganidan so'ng unda yangi maqsadlar paydo bo'ldi: Rossiyaning eng yaxshi jamoasi nomini saqlab qolish, CHempionlar ligasida iloji boricha uzoqroqqa etish va Rossiya chempionatining eng yaxshi to'purariga aylanish.


IGOR DENISOV ("Lokomotiv")

Igor Denisov - "Lokomotiv"ning yangi sardori. U Verdan CHorluka jarohat olgan payt ushbu vazifani bajarib turadi. Tayanch yarim himoyachisi o'zining o'zgacha feli bilan ko'pchilikka yaxshi tanish. Yuriy Syomin bekorga unga sardorlik bog'chini topshirmagan bo'lsa kerak.

Denisov yozda "Lokomotiv" bilan shartnoma imzolab, maoshi sezilarli darajada kamayishiga rozi bo'ldi. Yarim himoyachining "Dinamo"dagi maoshi 5 mln. evro bo'lgan. "Temiryo'lchilar" prezidenti Ilya Gerkus, klub bunday mablag'ni to'lay olmasligi haqida aytgan edi.

Yozda Denisovning familiyasi Rossiya terma jamoasi bilan ko'p bog'landi, ammo u milliy jamoa safida bir daqiqa ham o'ynagani yo'q. Yarim himoyachi mamlakatning eng yaxshi tayanch futbolchisi hisoblanadi. Roman Zobnin jarohatidan so'ng, Stanislav CHerchesov jamoasiga aynan Denisov etishmadi. Mamlakat chempioniga qarshi bahsda Igor Denisov o'zini ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'ladi.


Taxminiy tarkiblar:

"Spartak": Rebrov, Eshenko, Boketti, Kutepov, Kombarov, Popov, Glushakov, Fernando, Promes, Adriano, Luish.

"Lokomotiv": Gilerme, Peychinovich, Kverkveliya, Margasov, Kasaev, I. Denisov, Fernandesh, V. Denisov, Miranchuk, Ari, Farfan.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика