Rossiya Premer-ligasi. 17-tur uchun prevyu yoxud SHomurodov jamoasi Moskvaga uchadi
23 noy 2019 12:21
Yangiliklar


Rossiya Premer-ligasi. 17-tur uchun prevyu yoxud SHomurodov jamoasi Moskvaga uchadi
Autsayder o'rtamiyonaga qarshi
Avvalgi turda ufaliklarga qarshi bahsda ishqibozlari ko'z o'ngida raqibi darvozasiga yo'l topa olmagan Vladimir Fedotov boshchiligidagi "Orenburg" endigi safar o'z maydonida o'tgan turda nursiz durangga imzo chekkan yana bir jamoa "Axmat"ni qabul qiladi. Mehmon jamoa turnir jadvalida 15 ochko jamg'argan holda, 15-o'rinni band etib turishibdi. Bu safargi uchrashuvda, orenburgliklar sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz Vadim Afoninni asosiy tarkibda kutib qolamiz.
FC Orenburg Ziga Skoflek - 90' |
Premier League . 17-tur 23/11/2019, 13:30 2
:
1
Tugadi
|
FK Akhmat Andres Ponce - 36', Odise Roshi - 74' |
Stadion: Gazovik Stadium
Qozonda bo'ladigan jang
Joriy turning markaziy o'yinida ayni paytga kelib, musobaqa jadvalida o'zining yakka hokimligini o'rnatgan Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi o'z uyida hozirda avvalgi mavqeyini yo'qotgan va xattoki quyi zonaga tushib qolish xavfi ostida turgan Qozin shahri bosh jamoasi "Rubin"ni mehmon qiladi. Piterliklar sharafini uzoq yillar davomida futbolchi sifatida himoya qilib kelgan Sergey Semak endilikda jamoani murabbiy rolida boshqarmoqda va u hujum chizig'ida Sardor Azmun, Malkom, Sebastyan Driussi va Artyom Dzyubadek super forvardlarga ega. Eduardo Dokampo shogirdlari orasida esa, islandiyalik istiqbolli futbolchilardan biri Vidar Kyartansson hamda bor yo'g'i 2 ta gol bilan jamoa bosh to'purari bo'lib turgan Evgeniy Markovlar bor.
Rubin Kazan Evgeni Markov - 66' |
Premier League . 17-tur 23/11/2019, 16:00 2
:
1
Tugadi
|
Zenit St. Petersburg Sardar Azmoun - 8', Artem Dzyuba - 79' |
Stadion: Kazan Arena
Rostovliklar Moskvada mehmon
Afsus va nadomatlar bo'lsinkim, oldingi turda autsayderga tayyor g'alabani qo'ldan chiqargan holda alamli tarzda imkoniyatni boy bergan "Rostov" bu safar mehmonda qozonliklarni minimal hisobda enggan "Dinamo" maydonida qimmatli uch ochko uchun kurashadi. O'zbekiston milliy terma jamoasining so'nggi ikki bahsida 3 ta gol urgan hamda joriy 2019-yil hisobidan xalqaro miqyosda naqd 20 goldan xirmon yasagan bo'lajak jahon yulduzi vatandoshimiz Eldor SHomurodovdan yuqori saviyali o'yin namoyish etish asnosida to'purarlik salohiyatini ko'rsatishini kutib qolamiz.
Dinamo Moscow Maximilian Philipp - 33', Maximilian Philipp - 90' |
Premier League . 17-tur 23/11/2019, 18:30 1
:
2
Tugadi
|
FC Rostov Ivelin Popov - 13' |
Stadion: VTB Arena
O'rtamiyona autsayder bahsi
Yakshanba kungi o'yinlarni boshlab beruvchi uchrashuvda avvalgi tur doirasida mehmonda asosiy raqobatchilaridan biri bo'lgan Orenburg shahri jamoasi bilan murosa ko'chasini tanlagan "Ufa" bu safar o'z maydonida muxlislari qarshisida o'ynaganiga qaramay o'zidan har jabhada ustun kelgan CSKAga alamli tarzda yutqazib qo'ygan "Sochi"ni qabul qiladi. Ufaliklar ushbu uchrashuvda uch ochkoni naqd qiladigan bo'lishsa, 6-o'ringacha ko'tarilib olish imkoniyatiga egalar. Mehmonlar esa, agar g'alaba qozonishsa xavfli zonani tark etishi mumkin.
FC Ufa Andres Vombergar - 85' |
Premier League . 17-tur 24/11/2019, 13:30 1
:
1
Tugadi
|
PFC Sochi Dmitry Poloz - 25' |
Stadion: Neftyanik Stadium
Raqobatchilar qarama-qarshiligi
Ayni paytga kelib, musobaqa jadvalida 6-12-pog'onalar orasidagi ochkolar tafovuti unchalik katta emas. Boshqacha qilib aytganda, jamoalar juda zich joylashishgan. O'tgan turda Grozniyga uchib, "Axmat" bilan mehmonda durangga imzo chekkan "Ural" o'z maydonida asosiy raqobatchisi "Krylya Sovetov"ni ishonchli hisobda enggan "Spartak"ni qabul qiladi. Ekaterinburg shahri jamoasi hujum chizig'ida kimsan rus futboli tirik afsonasi faxriy futbolchi 36 yoshli Pavel Pogrebnyak harakat qilmoqda. Domeniko Tedesko shogirdlari orasida Rossiya milliy terma jamoasi gvardiyachisi Artyom Rebrov hamda ko'pchilikka malum va mashhur Xenrik Larssonning o'g'li yosh umidli hujumchi Jordan bor.
Ural |
Premier League . 17-tur 24/11/2019, 16:00 0
:
0
Tugadi
|
Spartak Moscow |
Stadion: Ekaterinburg Arena
Etakchi va o'rtamiyona to'qnashuvi
Birinchi davra yakunlariga ko'ra, turnir jadvalida 1-5-o'rinlardagi jamoalar pastdagi ishtirokchilarni katta farq bilan ortda qoldirishdi. Hozirda 5-pog'onaga joylashgan va oldingi turda azaliy raqibi "Lokomotiv" mehmoni bo'lib, safardan bir ochko bilan qaytgan "Krasnodar" endi Tulada "Arsenal"ga qarshi bahs olib boradi. Mezbon jamoa musobaqa jadvali ekvatorini egallab turibdi. Igor CHerevchenko jamoasida 4 ta gol bilan bosh to'purar bo'lib turgan katta tajribaga ega mahalliy saviyali hujumchi Evgeniy Lucenko o'ynaydi. Krasnodar shahri klubi esa, mahalliylashtirilgan Ari, Ivan Ignatev va MArkus Bergdek hujumchilarga ega.
Arsenal Tula Evgeni Lutsenko - 43' |
Premier League . 17-tur 24/11/2019, 18:30 2
:
1
Tugadi
|
FC Krasnodar Tonny Vilhena - 7', Sergei Petrov - 25' |
Stadion: Arsenal Stadion
Samaraliklar Moskvada mehmon
O'tgan tur doirasida bechorahol "Sochi"ni katta qiyinchilik evaziga bazo'r mag'lubiyatga uchratgan CSKA bu safar spartakchilarga mehmonda ikkita gol farqi bilan imkoniyatni boy bergan "Krylya Sovetov" bilan o'zaro bahs olib borishadi. Viktor Goncharenko boshchiligidagi mamlakatning bayroqdor jamoalaridan biri bo'lgan moskvaliklar tarkibidan tajribali darvozabon millat faxri Igor Akinfeev, yana bir mahalliylashtirilgan futbolchi Mario Fernandes hamda super forvard Fyodor CHalov kabi kuchli o'yinchilar joy olishgan. Samara shahri jamoasi esa, hozirda 10 ta gol bilan musobaqa bosh to'purarligiga asosiy nomzodlardan biri bo'lgan yosh umidli Aleksandr Sobolyovdek hujumchiga ega.
CSKA Moscow Nikola Vlasic - 75' |
Premier League . 17-tur 24/11/2019, 21:00 0
:
1
Tugadi
|
Krylya Sovetov Samara |
Stadion: VEB Arena
Xondamir Hakimov tayyorladi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar