Rossiya. Denisov jamoasi bosh murabbiysiz qoldi FOTO
05 okt 2018 14:02
Yangiliklar
Rossiya. Denisov jamoasi bosh murabbiysiz qoldi FOTO
"Krilya Sovetov" bosh murabbiyi Andrey Tixonov ishidan ozod etildi.
Samara klubi uni istefoga chiqardi. Bugun Tixonov "Krilya Sovetov"da oxirgi mashg'ulotini o'tkazdi va o'yinchilar bilan xayrlashdi.
Oldinroq, Samarada uning o'rnini Miodrag Bojovich egallashi xabar qilingan edi.
47 yoshli Tixonov "Krilya"ni 2017 yilning yozidan beri boshqarib kelayotgan edi. Aynan u jamoani Premer-ligaga qaytargandi. Joriy mavsum jamoa Rossiya chempionatida 9-turdan so'ng 15-o'rinda bormoqda.
Fikrlar