So’nggi yangiliklar

21:18"Тоттенхэм" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  0 21:02"Бешиктош" — "Ризеспор". Таркиблар маълум  0 20:27Дортмунднинг "Боруссия" клуби "Ливерпуль" вингерини ижарага олмоқчи  1 19:58БАА Про лигаси. "Бани Яс" ўз майдонида "Хорфаккан"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, мезбонлар сафида Шукуров ва Мозговой ўйнади  1 19:30АПЛ. "Челси" меҳмонда "Ньюкасл" билан иродали дурангга эришди  15 19:20Нико Уильямс "Реал"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  10 18:46"Манчестер Сити" — "Вест Хэм". Таркиблар маълум  14 17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  20 15:40Икки йил аввал еврокубок финалида ўйнаган Италия клуби инқирозга юз тутмоқда  3 15:11Фергюсон МЮнинг 2025 йилдаги энг яхши трансферини айтди  3 14:43"Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани сотиб олиши мумкин  5 14:12"Барселона" Рэшфордни сотиб олишга мойил  4 13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  9 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1

Ronalduning "Yuventus"ga o'tishiga besh sabab Yangiliklar

Ronalduning "Yuventus"ga o'tishiga besh sabab

SHu kunlarda ommaviy axborot vositalari, xususan turli internet nashrlarida "Real Madrid" klubining portugaliyalik hujumchisi, besh karra "Oltin to'p" sohibi Krishtianu Ronalduning "Yuventus" klubiga ko'chib o'tishi haqidagi xabarlar tinmayapti.

Keling, biz Ronalduning Italiya klubiga o'tishi haqidagi 5 ta asosiy sabablarni o'rganib chiqamiz:

1. Ronaldu hozirgacha kuchli beshlik chempionatlaridan Angliya va Ispaniya chempionatlarini zabt etdi, bu klublar safida mamlakat chempion bo'ldi, ECHLni zabt etdi, endi unda yana bir kuchli beshlik chempionatlarida o'ynab ko'rish istagi tug'ilgan bo'lishi mumkin.

2. "Real Madrid" klubi prezidenti Florentino Peres futbolchilar orqali qanday daromad qilishni biladi, Ronalduning yoshi o'tib borayapti, natijalar chakki emas paytida sotib yuborishni ko'zlab, portugaliyalikni "Yuventus"ga o'tishiga qarshilik qilmayotgan bo'lsa kerak.

3. Krishtianu Ronaldu "Real Madrid" rahbariyati bilan shaxsiy shartnoma bandlari bo'yicha kelisha olmayotganligi haqida ko'plab xabarlar urchidi, agar bu xabarlar rost bo'lsa Ronaldu qo'ygan talablarni aynan Turin klubi bajarishga rozi bo'lgan va portugaliyalik futbol yulduzining klubdagi oylik maoshi uchun yuqori narx belgilagan bo'lishi mumkin.

4. "Real Madrid" klubi anchadan beri shov-shuvli transferni amalga oshirmadi. Jamoaga Neymar, Mbappe, Eden Azar kabi futbolchilardan biri kelayotgan bo'lishi mumkin. "Real Madrid" klubi yoshi o'tib borayotgan Ronalduni sotish orqali feyr-pley qoidalarini mos ravishda bajarishni ko'zlayotgan bo'lishi mumkin.


5. Krishtianu Ronalduni Italiyada muxlislari ko'p, buni o'zi yaxshi biladi. Besh karra "Oltin to'p" sohibi tabiiyki o'zining maydondagi harakatlari olqishlanishini istaydi. Etibor bergan bo'lsangiz so'ngi ECHL finalida Ronalduning kayfiyati doimgidek emas edi. CHunki o'sha uchrashuvda portugaliyalik gol ura olmadi. Aynan o'sha uchrashuvdan keyin uning "Real Madrid"dan ketishi xaqidagi xabarlar keskinroq yangray boshlagandi.

Portugaliyalik futbol yulduzi, besh karra oltin to'p sohibi Krishtianu Ronalduning "Yuventus"ga ko'chib o'tishi haqidagi xabarlar hali rasman tasdig'ini topgani yo'q.  Ronaldu "Real Madrid"da qolishi yoki butunlay boshqa jamoaga o'tishi ham mumkin, uning iqtidori har qanday chempionatda to'p surishga etadi.

Bekzod Tolibov

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика