So’nggi yangiliklar

01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  0 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  0 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  1 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  2 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  4 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  24 21:03Ўртоқлик учрашуви. ОКМК Беларусь клубига имкониятни бой берди  1 20:35Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  31 20:16Париж-2024. Ҳар бир терма жамоадаги катта ёшли футболчилар  8 19:49Ван Дейк NBA афсонаси Леброн Жеймс билан суратга тушди  4 19:21"Комо" Бонавентурани сотиб олмоқчи  1

Ronalduning o'rnini bosadigan 5 futbolchi Yangiliklar

Ronalduning o'rnini bosadigan 5 futbolchi

Ronalduning gaplaridan keyin, uning "Bernabeu"dagi vaqti tugayotgandek ko'rinmoqda.

U Madridda 9 mavsum davomida harakat qildi, 450dan ko'proq gol urdi, 4 bora "Oltin to'p"ga ega chiqdi, 13 ta sovrinli bo'ldi, shulardan to'rttasi ECHLga tegishli bo'ldi. Portugaliyalik futbolchini muxlislar Alfredo Di Stefano va Raul kabi qadrlashmoqda.

Oldinroq Ronaldu jamoadan ketishi mumkinligini, "Real"da qolishi so'roq ostida turganligini o'zi aytib o'tgandi. Agarda u jamoadan ketadigan bo'lsa, uning o'rnini kimlar bosishi mumkin?

5. LORENCO INSINE

O'tgan mavsumda ECHLning pley-off bosqichida Insinening "Real"ga urgan golini eslaysizmi? U markazdan kichik masofani bosib o'tib, to'pni qabul qilib oldi. Bir qarashdayoq Navasning ochiq tomonini ko'rdi. To'pni shunday ayyorlik bilan tepdiki, darvozabon zarbani qaytarishga ojizlik qildi.

Italiyalik futbolchi "Napoli"ning muhim ijrochilaridan biriga aylandi. U Sarrining 4-4-2 taktikasi chap qanotining asosiy figurasi bo'ldi. Murabbiy uning o'ng oyog'idan kuchli hujumlar tashkil etishda foydalanmoqda.

“Lorenzo II Magnifico” laqabli futbolchi universallikni namoyish qiladi va har qanday chiziqda barqaror o'yin ko'rsatadi.

26 yoshli pleymayker o'zining eng yaxshi mavsumini o'tkazdi va 14tadan gol urib, shuncha golli pas berishni uddaladi. Uning o'yinlari orqali "Napoli" A Seriya g'olibi bo'lishi mumkin edi.

Albatta, Insine "Real" darajasidagi futbolchi deb hisoblamaydi ko'pchilik. Agarda biroz "ishlov" berilsa, u "Real"da Ronalduning o'rnini bosa oladi.

4. MARKO ASENSIO

"Los Blankos"da CR7 o'rniga futbolchi bordek.

"Real" 4 mln evro evaziga shartnoma imzolaganida Marko mashhur futbolchi emasdi. Endi u jamoaning eng yaxshi transferlaridan biri bo'lib turibdi. U ham jamoadoshlari kabi qarshi hujumda yaxshi o'ynaydi. Asensio to'pni o'zida ushlab turishni uddalaydi va paslari ham anchagina aniqlikda bo'ladi. Uning uzoqdan zarba berishi - eng yaxshi xususiyatidir.

Marko ko'p bora uzoqdan urgan gollari bilan yodda qoldi. 22 yoshli futbolchi Rossiyada o'tadigan JCHda Ispaniya termasining muhim figurasidan biriga aylanishi kutilmoqda.

U endigina 22 yoshga kirgan bo'lsa ham "galaktikos"ning, dunyoning eng kuchli jamoalaridan birining yulduziga aylana olgani quvonarli hol.

Marko juda yosh, o'z o'yinlarini rivojlantira oladi, uning iqtidori esa Ronalduning o'rnini bosish uchun etarli bo'lishi mumkin. Agarda portugaliyalik "Real"dan ketadigan bo'lsa, Asensioni uning o'rnida o'ynatsa bo'ladi.

3. MUHAMMAD SALOH

SHak-shubhasiz, "Misr qiroli" APLning o'tgan mavsumdagi eng yorqin futbolchisi. Peres istadi va bir vaqtlar Ronaldu hamda Beylni sotib oldi. Endi navbatdagi nishon Saloh bo'lib turgan bo'lsa, ne ajab.

Saloh o'zining ajoyib mavsumida 44 bora o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. Gollarning 32tasini APLda kiritdi va ko'plab rekordlarni yangilab tashladi. 16 assistentlik bilan ham u qanday futbolchi ekanligini isbotlab qo'ydi.

Vaziyatlarni yakunlashda unga etadigani bo'lmadi. Juda yaxshi dribler va zarbasi ham chiroyli. 25 yoshli futbolchi PFA va FWA tomonidan eng yaxshi futbolchi deb topildi, Premer-liganing "Oltin butsa"sini qo'lga kiritdi. SHuningdek, "Liverpul"da yil futbolchisi bo'ldi. Saloh uchun har qancha yirik mablag' to'lasang arziydi.

Saloh va Ronaldu ikki hil futbol ko'rsatadigan futbolchilar bo'lsa ham, ular gol urishni sevishadi. Agarda Ronaldu ketadigan bo'lsa, Salohning "Real"da uning o'rnini egallashi katta ehtimol.

2. EDEN AZAR

Azarning "Real"ga o'tishi borasidagi mish-mishlar tarqalganiga bir necha yillar bo'ldi. Peres uni o'z jamoasi tarkibiga qo'shib olish uchun ancha muddatdan buyon harakat qilmoqda.

Azarning yaxshi sifatlari juda ko'p. U o'z maqsadiga etishishi uchun bir necha futbolchilarni aldab o'ta oladi. Unda alo darajadagi dribling bor va qarshi hujumlarga tezkorlik bilan o'ta oladi.

U ikki marta APL sovrinini qo'lga kiritgan va shu bilan u cheklanmoqda. Uning o'yinlarini kuzatib, yuqori tempda o'ynashini va bundan-da ko'proq sovrinlarga loyiq futbolchiligini xulosa qilamiz.

Agarda u "Real"ga o'tib, Krishtianuning o'rnida o'ynaydigan bo'lsa, "Oltin to'p" uchun asosiy davogar bo'lib oladi. "Qaymoqranglilar"ning etakchisi bo'lishni uddalaydi. Dunyoning eng zo'r futbolchilaridan biriga aylanadi. SHak-shubhasiz, bu transfer ikki tomon uchun ham bir qadam oldinga tashlash bo'ladi.

Agarda Azar "Real"ga o'tsa, yanada xavfliroq jamoaga aylanadi.

1. NEYMAR

Ayni damda jamoaga transfer qilinishi mumkin bo'lgan asosiy nomzod bo'lib turibdi. Hatto ularning tug'ilgan kuni ham bir kunda.

Ayni damda ushbu transfer "Real"ning barcha muxlislari uchun orzu bo'lib turibdi. Biroq hozirda hech nima hal bo'lmagan va braziliyalik futbolchi uchun "Real" katta mablag' to'lashi, shuningdek, yaxshigina maosh ham berishi kerak.

222 millionlik transferdan keyin u Parij jamoasi tarkibida 28 gol urdi va 18 bora golli pas berdi.

Agarda Neymar "Real"ga o'tadigan bo'lsa, Ronalduning poziciyasida harakatlanali. U chap qanotda vatandoshi Marselo bilan birgalikda yaxshi hamkorlik qiladi. Uning transferi "Real" uchun katta yutuq bo'ladi.

"Real"da pul ko'p, Neymar jamoaga mos tushadi. Ammo barchasi "qirollik klubi"ga bog'liq. Jamoa Ronalduning o'rnini bosa oladigan Neymar uchun katta mablag' sarflaydimi? Katta muammo aynan shunda.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: -23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика