Ronalduning onasi insultga uchradi
03 mar 2020 18:00
Yangiliklar


Ronalduning onasi insultga uchradi
"Yuventus" forvardi Krishtianu Ronalduning onasi Doloresh bugun sog'ligi bilan bog'liq muammolar sabab shifoxonaga etkazildi.
65 yoshli ayol insultga uchradi. SHifokorlarning o'z vaqtida ko'rsatgan yordami jiddiy oqibatlarning oldini olishga imkon berdi, ammo Doloreshning ahvoli nazoratni talab qiladi.
Qayd etish kerakki, futbolchining onasiga tezkor tibbiy yordam ko'rsatilmaganda, u falaj bo'lib qolishi ham mumkin edi.
Ronalduning sobiq klubi "Sporting" esa Doloreshga tezroq sog'ayib ketishni tiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar