Ronalduning do'sti 2 yillik qamoq jazosiga hukm etildi
08 fev 2017 17:43
Yangiliklar
Ronalduning do'sti 2 yillik qamoq jazosiga hukm etildi
Gollandiyada oliy sud "Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduning do'sti, mashhur kikbokschi Badr Xariga nisbatan jazo elon qildi.
Malumotlarga ko'ra, Xari 2 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan, ammo u faqat yarim yil qamoqda bo'ladi. Qolgan muddatni shartli ravishda o'taydi.
Afrikalik sportchi 2012 yildagi ikki qaroqchilik hujumida aybdor deb topildi. Xarining o'zi sud jarayonida ishtirok etmadi.
2015 yilda marokashlik shunga o'xshash jinoyat uchun jazo o'tagan edi.
Fikrlar