So’nggi yangiliklar

15:03"Челси" Бразилия терма жамоаси хавбекига қизиқмоқда  1 14:39Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг Олимпиада учун расмий қайдномаси маълум ёхуд кимлар захирада қолди?  8 14:19"Барселона" собиқ ҳужумчиси "Олимпиакос"га ўтади  1 13:53"Барселона" Ольмони қайтариш учун асосий таркиб футболчиси билан хайрлашишга тайёр  5 13:29"Барселона" иш ҳақи харажатларини сезиларли даражада камайтирди  3 13:01Қозоғистон футбол федерацияси Черчесов олдига қандай вазифа қўйган?  3 12:37"FourFourTwo" Яшинни барча даврларнинг энг яхши дарвозабони деб топди  5 12:10"Ювентус" "Верона" футболчисини трансфер қилди  1 11:46"Металлург" 2 нафар футболчиси билан хайрлашганини эълон қилди  1 11:25Олимпиада олдидан. Элдор Шомуродов билан очиқчасига суҳбат  5 11:11Мбаппе вакиллари ПСЖга таҳдид қилди  2 10:50Нима учун Лени Йорони «Реал»га эмас, МЮга ўтгани маълум  9 10:21«Реал Мадрид» яна бир афсонаси билан шартномани узайтирди  8 09:48Жаҳон чемпиони Саудия Арабистонидан АПЛга кўчиб ўтиши мумкин  3 09:19ФИФА яна бир терма жамоани дисквалификация қилиши мумкин  23

Ronalduni Neymardan ustun qo'yishdan tortib muxlislar bosqiniga duch kelishgacha - "Al Hilol" bosh murabbiyi faoliyati to'g'risida qiziqarli malumotlar Yangiliklar

Ronalduni Neymardan ustun qo'yishdan tortib muxlislar bosqiniga duch kelishgacha - "Al Hilol" bosh murabbiyi faoliyati to'g'risida qiziqarli malumotlar

Bugun portugaliyalik murabbiy Jorje Jezus qo'l ostidagi "Al Hilol" klubi O'zbekistonning "Navbahor" klubiga qarshi maydonga tushadi.

Jorje Jezus faoliyati davomida ko'plab klublarda faoliyat olib borgan. Nomdorlari qatoriga "Braga", "Benfika", "Sporting", "Al Hilol", "Flamengo", "Fenerbaxche"larni kiritish mumkin. 

Mutaxassis "Benfika" boshqaruvida uch karra Portugaliya chempioni, mamlakat kubogi sohibi bo'lgan. SHuningdek, klub bilan ketma-ket ikki marotaba Evropa ligasi finaliga chiqqan. Birinchi yil "CHelsi"ga, kelgusi yil "Sevilya"ga imkoniyatni boy bergan.

SHuningdek, u "Al Hilol" bilan mamlakat superkubogi, "Fenerbaxche" bilan Turkiya kubogini qo'lga kiritgan. 

Jezus "Flamengo" bilan bir mavsum davomida beshta sovrin qo'lga kiritgan: Braziliya chempionati, Libertadores kubogi, Braziliya superkubogi, Sudamerikana kubogi, Karioka chempionati. SHuningdek, braziliyaliklar bilan klublar o'rtasidagi jahon chempionati finaliga qadar etib borib, Firminoning 99-daqiqada urgan goli tufayli "Liverpul"ga yutqazgan. Ushbu o'yindan avval inglizlar ustozi Yurgen Klopp hazil ila Xesusning Braziliya prezidenti etib saylanishi mumkinligiga ishonishi aytgandi: 

"Jorje Jezus "Flamengo"da aqlbovar qilmas ishlarni amalga oshirdi va juda ko'p narsalarni o'zgartirdi. U portugaliyalik bo'lishiga qaramay, Braziliya Prezidentligiga saylovda o'z nomzodini qo'ygan taqdirda, yutib chiqqan bo'lardi".

Mutaxassis "Flamengo" boshqaruvidagi 57 o'yinda 43 marotaba g'alabaga erishgan, 10 durang qayd etgan va atigi 4 o'yinda yutqazgan. Braziliyadagi faoliyati uchun boshqalar bilan bir qatorda Peledan ham maqtov eshitgan.

"Al Hilol" ustozi 2019 yil Neymarning mahorati Ronaldunikidan yuqori emasligini aytgan. "Men uchun Krishtianu Ronaldu eng yaxshi futbolchi. Bunga hech qanday shubham yo'q. Uning bosib o'tgan yo'li futbol o'ynash istagi bo'lgan har qanday bolakay uchun saboq bo'la oladi. Neymar o'z qarashlarini o'zgatirishi lozim, aks holda Krishtianuning darajasiga chiqa olmaydi. Agar futboldan yiroq narsalar o'z ustingizda ishlashdan muhimroq bo'lsa, hech qachon eng zo'ri bo'la olmaysiz. Ronalduda muvaffaqiyatga erishish ishtiyoqi yuqori. Ular o'rtasidagi farq shunda".

Jorje Jezus "Al Hilol"da 10 million evro atrofida maosh oladi va dunyoning eng yuqori haq to'lanadigan murabbiylar qatorida turadi.

Jezusga "Al Hilol"ga kelishidan avval Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiyligi ham taklif qilingan. Biroq u o'zi oldinroq ishlagan klubni tanlashni afzal ko'rgan.

Mutaxassis "Sporting"da ishlab yurgan kezlarida jamoasi Madeyrada "Maritomo"ga mag'lubiyatga uchraydi. Bundan darg'azab bo'lgan 40 ga yaqin bosqinchi "muxlis" klub joylashgan bazaga hujum uyushtirgan. Malumotlarga ko'ra, o'shanda Jezusdan tashqari klubning turli vazifada faoliyat olib boradigan ayrim vakillari hamda sakkiz nafar futbolchi hujumga uchragan. Oqibatda Bas Dostning peshonasini yorishgan, bazi futbolchilarni mushtlashgan va 25 litr suv solinadigan idish bilan urishgan, Mishichning boshiga esa kamar bilan zarba berishgan. Uilyam va Patrisiuga esa tahdid qilingan. Keyinchalik bosqinchilar policiya tomonidan qo'lga olingan. 

VIDEOLAR

Jorje Jezus murabbiyligida murosaga kelishi qiyin bo'lgan futbolchi deb David Luisni biladi.

Enco Peresni esa o'zi "ixtiro" qilgan eng yaxshi futbolchi deb biladi.

Murabbiyning laqabi — "janob". 

Men qo'llayotgan barcha ish uslubimni o'zim kashf etaman. Murabbiylik qo'llanmalarini o'qimayman. To'g'ri, ko'p mutolaa qilaman, lekin ular futbolga tegishli bo'lmaydi. Men yillar davomida o'z uslubimni yaratdim va rivojlandim, shu bilan birga, bundan keyin ham o'sishda davom etmoqchiman. Hayotiy tajribalarimiz nimani yaxshiroq uddalaganimiz va nimalarni ko'ngildagidek bajara olmaganimizni anglashga yordam beradi. O'ylaymanki, bu insonning butun umri davomida shakllanishi uchun ajoyib sifatdir. Biz yillar davomida o'zgaramiz; bu har bir kasb egasida sodir bo'ladi. Men 20 yil, o'n yil, besh yil oldingi murabbiy emasman. Har yili o'z g'oyalarim uchun yangi yondashuvlarni topishga harakat qilaman. Boshqalarga taqlid qiladigan murabbiylar ko'p, lekin men ijodkor murabbiyman, taqlidchi emasman.

Murabbiy sanatkor, ijodkor bo'lishi kerak. Futbolchi ham shunday: uning iqtidori, uning sanati o'zgarishlarni keltirib chiqaradi. Men rassomlik bo'yicha eng katta mutaxassis emasman - agar sanat ko'rgazmasiga borsam, ko'pgina suratni ko'zdan kechiraman va nimani tomosha qilayotganimning fahmiga bormayman. Biroq o'z ishiga sanatkorona yondashgan, futbolda boshqalardan ajralib turadigan odamlarni tushunishag harakat qilaman, chunki ular nima uchun bunday yo'l tutayotganini his qilishga urinaman. Men uchun sanat o'z asarini yaratganlarning his-tuyg'ulari hisoblanadi. Bu nafaqat Paula Rego kabi rassomda, balki men rassom yoki ijodkor deb hisoblaydigan barcha odamlarga tegishli. CHunki men futbolni sanat deb o'ylayman, shuning uchun mening fikrlash tarzim ham ularnikiga o'xshaydi.

Murabbiy rassomga o'xshaydi. Siz rasm chizayotganingizda, ko'p kombinaciyalarni bajarishingiz kerak va suratni o'z tasavvuringiz orqali yaratasiz. Murabbiy bilan ham xuddi shunday: siz shogirdlaringiz bilan birga muvaffaqiyat keltiradigan o'yin g'oyasini yaratishingiz kerak.

Liderlar yaratilmaydi, ular shakllanadi. Ular etakchilik masuliyati tufayli yaxshilanib boradi va rivojlanadi. Men liderman, chunki atrofimdagilar mening boshqacha ekanligimni bilishadi.

Maydondan tashqarida dam olish men uchun oson emas. O'yindan keyin uxlamayman. Futbol mantiq emas, qiyin mashg'ulot. U boshqa jamoaviy sport turlaridan farq qiladi. Boshqa sport turlarida eng yaxshi o'yinchilarga ega bo'lsangiz, g'alaba qozonasiz. Futbolda esa bu qoida amal qilmaydi.

Murabbiy o'z g'oyalarini futbolchilar bilan bo'lishishi va ishontira olishi lozim. Futbolchilar o'zlari qilayotgan ish g'alaba qozonish uchun to'g'ri yo'l ekanligiga iqror bo'lishi kerak.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика