So’nggi yangiliklar

09:22Эшитдик-да! "Бунёдкор"да яна бош мураббий ўзгарди  1 08:55Хоанг Ан Туан: "Ўзбекистон терма жамоаси финалга қадар етиб боришига ишонаман"  10 08:35АПЛ. "Арсенал" - "Челси" 5:0  0 08:29Почеттино «Арсенал»дан қабул қилиб олинган йирик мағлубият сабабини айтди  0 08:20ОЧЛ. "Ал Ҳилол" - "Ал Айн" 2:1  0 08:15U23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Вьетнам 3:0   1 08:04Италия Кубоги. «Ювентус» — дастлабки финалчи  0 07:38Осиё кубоги. Бугун футзалчиларимиз ярим финал йўлланмаси учун баҳс олиб боради  2 01:57АПЛ. Лондон дербисида "Арсенал" "Челси"га "тарсаки туширди"  26 01:30Иброҳимхалил Йўлдошев: “Биз рақиб танламаймиз”  10 01:26Русланбек Жиянов: “Йўлимиздан чиққан жамоани мағлуб этишимиз керак”   2 01:15ОЧЛ. Юлдузларни ўзида жамлаган "Ал Ҳилол" турнирни тарк этди, "Ал Айн" финалда!  14 00:44"Бунёдкор" собиқ футболчиси "Барселона"га янги мураббий тавсия қилди  8 00:27ПСЖ ёзда Ямал учун улкан миқдордаги сумма таклиф қилмоқчи  5 23:50Колумбияда ўйин пайти футболчига пичоқ улоқтирилди  0

Ronalduga to'p uzatmang Yangiliklar

Ronalduga to'p uzatmang

“Al Nassr” futbolchilarida kerak bo'lmagan vaziyatlarda, Krishtianuga to'p uzatmaslikga immunitet paydo qilinishi kerak.

Portugaliyalik futbolchi 22 yanvar kuni riyodliklar safidagi debyut o'yinini o'tkazdi. Umuman olganda o'rta darajadagi ishtirok, gol ham assist ham yo'q. O'yinda etiborimni tortgan jihat, riyodlik futbolchilarning maksimum Ronalduga o'ynashgani bo'ldi. Albatta voqelikning bunday davom etishi oldindan kutilgandi. Futbolchilarning super yulduzni to'p bilan taminlashga intilishi, o'zaro kombinaciya qilishga urinishlari tabiiy hol. Ayrim vaziyatlarda ushbu aspektning jamoa zarariga ishlagani ham bor gap. O'yindan keyin riyodliklar ustozi Rudi Garciya ham ushbu jihatga alohida to'xtalib o'tdi.

"Futbolchilarning odatdagidek o'ynashi va har doim Ronalduni to'p bilan taminlashga harakat qilmay o'ynashi juda muhim. Men ularga maydonda to'g'ri tanlov qilishlari kerakligini aytdim. Ochig'i, Krishtianu va Taliska bo'sh bo'lsa va to'p so'rasa, biz ularga to'pni berishimiz kerak. Bu ikki futbolchi vaziyatni o'zgartirib yuborishga qodir”, – degan murabbiy.

Xolis fikr bildiradigan bo'lsak, riyodlik futbolchilarning Ronaldu tomon tinimsiz uzatmalar yo'llashlari, yakunda ko'plab «brak»larni keltirib chiqarishi mumkin (Ittifoqqa qarshi o'yin bunga misol). O'yinda ko'rdikki, Krishtianu to'pga etishi qiyin bo'lgan va murakkab vaziyatlarda tursa ham uzatmalar berilaverildi. Rudi Garciya bu masalada jiddiy bosh qotirishi lozim. Futbolchilarida kerak bo'lmagan vaziyatlarda,  Krishtianuga to'p uzatmaslikga immunitet paydo qilishi kerak. Aks holda, o'yin sifati pastlaydi bu esa Ronaldu uchun ham klub uchun ham yaxshi emas. Ehtimol, bu ilk o'yindagi oniy holat bo'lishi mumkin. Bugun tunda riyodliklar  superkubok doirasida “Al Ittihod” bilan bahs olib borishadi.

Ko'ramiz va kuzatamiz, o'yin Toshkent vaqti bilan 23:00 da start oladi.

 

Jaloliddin Xalilov.

 

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика