Ronaldu: "Yoshligimda juda ozg'in ekanligimni aytishardi"
06 iyu 2015 10:46
Yangiliklar


Ronaldu: "Yoshligimda juda ozg'in ekanligimni aytishardi"
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu maydonda va trenajor zalidagi tinimsiz mashg'ulotlar qilmaganida bu darajada mashhur bo'lmasligini aytdi.
"Ter to'kib ishlash lozim va men buni har kuni bajaraman. Aynan shu tufayli bir necha yildan beri o'zimning darajamni saqlab turibman. Bu tasodif emas. Yoshroq paytimda menga shunday deyishar edi: "Krishtianu senda iqtidor bor, ammo juda ozg'insan". Keyin biroz semirdim. Trenajor zalidagi doimiy mashg'ulotlar kuchli bo'lishimga sabab bo'ldi, shunday ekan, hammasi sening xohishingga bog'liq. Atletizm senga ko'plab ustunliklar beradi. Maydondan tashqarida ham o'z ustimda ishlayman va shu tufayli yil davomida yaxshi formada bo'laman. Men boshqacha bo'la olmayman" - deydi Ronaldu.

Fikrlar