Ronaldu sudda yutqazdi
04 apr 2019 23:05
Yangiliklar


Ronaldu sudda yutqazdi
Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu Germaniya nashrlaridan biriga sudda yutqazdi, deya xabar qiladi LʼEquipe.
Avvalroq, Ronaldu nemis nashrini shaxsiy hayotiga aralashgani uchun sudga bergandi. Gap shundaki, Der Spiyegel jurnalining haftalik sonlaridan birida 34 yoshli futbolchining Ispaniyada soliqlardan bo'yin tovlagani haqida maqola chiqqan edi. Gamburg shahri sudi ushbu xabarni nashrning rasmiy saytidan vaqtinchalik o'chirishni so'ragan. Biroq, ispan sudining qaroriga ko'ra «Yuventus» forvardi aybdor deb topilib, 18,8 mln. evro jarima to'lashiga to'g'ri keldi.
SHu tariqa, Ronalduning Germaniya nashriga nisbatan qo'zg'agan davosi o'z iqrorini topmadi va u mazkur ishni yopish uchun o'z advokatlarini qaytarib oldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar