So’nggi yangiliklar

09:55Конор Галлахер «Атлетико» футболчиси - Фабрицио Романо  1 09:24Ламин Ямаль ўзига тегишли бўлган сертификатларни олди  1 08:56Фаолиятини якунлаган Кроос Германийда «Йил футболчи»си бўлди  3 08:28ЦСКА устози Аббосбек Файзуллаевнинг кечаги ўйинига баҳо берди  4 08:05Бугун Париж Олимпиадасида фақатгина бир нафар спортчимиз иштирок этади  1 07:32Флик «Реал»ни ўртоқлик учрашувида мағлуб этганидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  1 01:40АПЛ клуби "Ман Сити" хавбеки Филлипс билан шартнома имзолашга яқин  2 01:03"Реал" футболчиси клубдан кетиш ҳақида ўйламоқда  2 00:32Костич "Ювентус"дан кетадими?  1 00:05"Атлетико" Галлахер қарор қабул қила олмаётгани сабаб "Валенсия" билан Герранинг 25 млн евролик трансферини келишиб қўйди  1 23:25Суперлига. "Металлург" - "Локомотив" 1:1, Ҳошимов "Металлург"даги биринчи расмий ўйинида қизил карточка олди  9 23:05Александр Крестинин: "Ғалаба қозониш учун бироз ақлли футбол керак  1 22:57Григорий Колосовский: "Энди биз майдонга чиқадиган ҳар бир ўйин финал бўлиши керак"  3 22:35"Тоттенхэм" ўйинчиси "Милан"га ўтишга яқин  1 22:07"Ювентус" ўйинчисини "Аякс"га ижарага беради  1

Ronaldu - "Real" tarixida eng yaxshi to'purar! Yangiliklar

Ronaldu - "Real" tarixida eng yaxshi to'purar!

CHempionlar ligasida safardagi uchrashuvda “Malmyo” darvozasini ikki marta ishg'ol qilgan Krishtianu Ronaldu “Real” tarixida eng ko'p to'p kiritgan futbolchiga aylandi.


Madridliklarning uning gollari soni 324taga etib, afsonaviy Rauldan o'zib ketganini malum qilishdi. Boshqa manbalarda Ronalduning gollari ham 323ta, lekin “Real” Pepening “Real Sosedad” darvozasiga urilgan golini Krishtianu hisobiga yozgan. SHu bilan birga “Malmyo” darvozasiga birinchi to'p portugaliyalik futbolchi uchun faoliyatidagi 500-golga aylandi.

30 yoshli futbolchi 753 uchrashuvda jami 501 to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. U “Sporting” safida 31 o'yinda 5 gol, “Manchester Yunayted”da 292 bahsda 118 gol, Portugaliya terma jamoasida 122 o'yinda 55 gol va “Real” tarkibida 307 uchrashuvda 323 to'p kiritishga erishdi. Uni o'ziga xos yubiley bilan sobiq jamoasi “Manchester Yunayted” ham tabrikladi. Rekorddan hech qancha vaqt o'tmasdan madridliklar afsonasi sanalgan Raulning o'zi Ronalduni muborakbod etdi. Telefonda xabar yuborgan Raul Krishtianu uning natijasini yangilaganidan xursand ekanligini bayon qilgan.

CHempionlar ligasida Ronaldu o'sha kecha 22-dublini nishonlab, bu borada Messidan o'zib ketdi. Messida 21, Raulda esa 14 marta qayd etilgan dubl mavjud. Filippo Indzagi 12, Rud van Nistelroy – 11, Terri Anri – 10, Zlatan Ibragimovich va Karim Benzema 10 martadan shunday natijaga erishgan.

“Real”da 323 gol urish uchun Ronalduga 308 o'yin kerak bo'ldi. Raul esa bunga 741 uchrashuvda erishgandi. Ronaldu “Real” safida yana 433 uchrashuv yoki 8 mavsum to'p kiritmasa ham uning o'rtacha ko'rsatkichi Raulnikidan yuqori bo'lib qoladi!

Ronaldu ham “Qirollik klubi”ning afsonalaridan biriga aylanib bo'ldi. Buning uchun unga ortiqcha o'zini ko'rsatish talab etilmaydi. Madrid klubi tarixida qanday kuchli hujumchilar o'ynaganini hisobga olsak, Krishtianuning rekordi qay darajada qimmatli ekani o'z-o'zidan kelib chiqadi. Endi u har bir goli bilan o'z rekordini yangilab boradi. “Real”da o'rtacha bir o'yindan bittadan ko'proq to'p kiritib kelayotgani Ronalduning muvaffaqiyatli o'ynayotganini isbotlaydi.

“Malmyo” bilan uchrashuvda Ronaldu “Real” uchun CHempionlar ligasidagi 67-to'pini kiritdi. Buning uchun unga 65 o'yin kifoya qildi. Raul esa 130 o'yinda 66 gol urgandi.

GOLLAR QANDAY VA KIMGA URILGAN?

Katta futboldagi birinchi golini Krishtianu 2002 yil 7 oktyabr kuni “Sporting” safida “Moreyrense”ga qarshi uchrashuvda Portugaliya chempionatida urgan. O'shanda 17 yoshli futbolchi dublga erishgan. O'shandan beri Ronalduning to'purarlik salohiyati o'sib bormoqda.

“MYU” uchun birinchi gol – 2003 yil 1 noyabr kuni “Portsmut” darvozasiga

“Real” uchun birinchi gol – 2009 yil 29 avgust kuni “Deportivo” darvozasiga

Portugaliya terma jamoasi uchun birinchi gol – 2004 yil 12 iyun kuni Greciya darvozasiga

Portugaliyalik futbolchi uchun eng sermahsul mavsumlar 2011/12 va 2014/15 yillarda bo'lgan. Ularda Ronaldu 66 martadan to'p kiritgan.

Foizlar hisobida u 1% golini “Sporting”, 11%ni Portugaliya termasi, “MYU”da 24% va “Real”da 64 foizini urishga erishgan. Madridda Ronaldu mavsumda o'rtacha 53tadan to'p kiritib kelmoqda. Albatta, bu ko'rsatkich shunchaki qoyil qolishga arziydi.

Krishtianu eng ko'p to'pni “Sevilya” darvozasiga kiritgan. Andalusiyaliklar uning zarbalaridan keyin 21 marta to'p o'tkazib yuborganlar. 18 bor “Xetafe” jabr ko'rgan. 15tadan golni “Barselona” va “Atletiko” darvozalariga yo'llagan. Xalqaro arenada 11 bor nemis klublari va 7 marta “Ayaks” darvozalariga to'p kiritgan.

Ronalduga gollar urishda Benzema eng ko'p yordam bergan. Dastlab ularning maydondagi o'rinlari boshqacharoq edi. Benzema gol urishi Ronaldu to'p uzatardi. Vaqt o'tishi bilan bunda o'zgarish yuzaga keldi. Ular klubga bir paytda kelib, “Deportivo”ga qarshi debyutlarini o'tkazishgan. O'shanda Ronaldu gol urgan, Benzema esa yo'q. O'shandan beri Karim 31 marta golli to'p oshirishni amalga oshirdi. Aynan Krishtianu gol urgan holatlarda. Ozil (27), Di Mariya (22), Giggz ham Ronalduga ko'plab gollarni urishda yordam berganlar. Beyl qisqa muddatda 16 bor Krishtianuga shunday imkoniyatni taqdim etib ulgurdi.

U gollarining to'rtdan bir qismini standart vaziyatlardan urgan. SHularning uchdan ikki qismini penaltilar tashkil qiladi. Unda jarima zarbasi va uzoq masofadan to'p kiritish ko'rsatkichi deyarli teng – 38tadan. Uning kuchli tarafi jarima maydoni ichida yaxshi harakat qilish sanaladi. Gollarining 67 foizini shunday uslubda urgan. O'ng oyog'ida 326 to'p kiritgan. Boshi bilan 83 gol urgan. O'tgan mavsumda shunday tarzda 12 to'p kiritib, shaxsiy rekordini yangiladi. Yana ikki to'pni u tanasi bilan darvozaga yo'llagan.


Behzod Nazarov tayyorladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика