
Portugaliya terma jamoasi o'yinchisi, o'z o'yinini rivojlantirishga va yanada yaxshilashga harakat qilishini ta'kidlab o'tdi.
“Hayotda oddiy insonman. Hamma narsani to'g'ri bajarishga harakat qilaman. Men futbolchiman va o'yinim bilan odamlarni xursand qilishga urinaman. Agar o'zimga baho beradigan bo'lsam, 10 dan 9 qo'ygan bo'lardim.
10 ga yetish uchun esa hali juda ko'p ishlash kerak. Shu sababli har doim o'yinimni mukammallashtirishga harakat qilaman”, - deydi Ronaldu.