Ronaldu noxush ananasini davom ettiradigan bo'ldi
13 iyu 2020 01:17
Yangiliklar


Ronaldu noxush ananasini davom ettiradigan bo'ldi
Aynida damda Turinda Italiya kubogi 1/2 finalning javob uchrashuvi o'tkazilmoqda.
Mazkur bahsning birinchi bo'limida bosh hakam Daniele Orsato "Milan" darvozasiga penalti belgiladi. Krishtuanu Ronaldu esa 11 metrlik jarima to'pidan foydalana olmadi. Bu uning penaltidan yo'llangan 2020 yildagi ilk muvaffaqiyatsiz zarbasidir.
Takidlash joizki, so'nggi yillarda portugaliyalik futbolchi penaltini golga aylantirish borasida yil davomida bir martadan muvaffaqiyatsizlikka uchrayapti.
U 2017 yilda ("Real") "Malaga", 2018 yilda (Portugaliya) Eron, 2019 yilda ("Yuventus") esa "Kevo" darvozasini 11 metrlik nuqtadan ishg'ol qila olmagan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar