So’nggi yangiliklar

19:15"Локомотив" "Навбаҳор" футболчилари билан шартнома имзолади  0 19:08Кроос Кукурельянинг қўли ҳақида: "Ҳакам пенальти қўйишни хоҳламади"  0 18:45⚡️Шерзод Эсанов тез орада Россия клубига трансфер қилинади  8 18:23Эшитдик-да! Асадбек Собиржонов "Металлург" билан шартнома тузди. Бугун футболчи Бекобод клуби сафида майдонга тушди  1 18:06Рабьо эркин агентга айланди  1 17:56Льорис аргентиналикларнинг бақириқлари ҳақида: "Бу Франция халқига жиддий ҳужум"  4 17:02"Лилль" МЮга ўтиши кутилаётган Йорони қўрқитишга ўтди  4 16:53"Ал Насср" бразилия терма жамоаси вакили билан битим имзолади  1 16:15Ибрагимовичнинг ўғли "Милан" билан шартнома имзолади  2 15:41"Рома" янги мавсум учун либосини тақдим этди  2 15:35Мбаппенинг онаси: "Ўғлим ҳеч қачон алдамаган"  7 15:02"Арсенал" қора рангдаги либосини тақдим этди  2 14:52"Атлетико" тез орада 30 млн. евролик трансфер ҳақида эълон қилади  1 14:19Ўзбекистон U23 терма жамоаси янги либосларда машғулот ўтказди  24 13:41"Барселона" янги мавсум учун либосини тақдим этди  7

Ronaldu, Neymar, Mane va Benzema yohud jahon futboli yulduzlarining O'zbekistonga ehtimoliy tashrifi. Guruh bosqichida jamoalarimizga kimlar raqiblik qiladi Yangiliklar

Ronaldu, Neymar, Mane va Benzema yohud jahon futboli yulduzlarining O'zbekistonga ehtimoliy tashrifi. Guruh bosqichida jamoalarimizga kimlar raqiblik qiladi

Jamoalarimizning guruh bosqichidagi ehtimoliy raqiblari.

«Navbahor» va OKMK muxlislarini pley-offdagi g'alabalar bilan tabriklaymiz. Endi OCHL 2023/2024 mavsumi guruh bosqichida O'zbekistondan jami 4 jamoa ishtirok etadi. Ular O'zbekiston chempioni «Paxtakor», Kubok sohibi «Nasaf», vice chempion «Navbahor» va 4 chi o'rin sohibi Olmaliqning OKMK klublari. Bilasiz yangi mavsumdan OFK O'zbekiston uchun 2+2 ko'rinishida kvotalar ajratgandi. Unga ko'ra ichki chempionat g'olibi va Kubok sohibi to'g'ridan to'g'ri guruh bosqichida qatnashsa, qolgan ikki jamoa pley-offdan o'tishiga to'g'ri kelardi. Dastlab OKMK saralashning ilk raundida Omonning “Al Sib” klubini minimal hisobda mag'lub qildi, ikkinchi bosqichda esa Qatarning “Al Arabi” jamoasi xuddi shu taxlid tiz cho'ktirildi. «Navbahor» reytingi yuqoriroq bo'lganligi boiz to'g'ridan to'g'ri ikkinchi bosqichdan ishtirokini boshladi. Kuni kecha «lochinlar» Qatarning “Al Vakra” klubini dramatik tarzda o'tgan bahsda ekstra taymlarda urilgan yagona gol evaziga mag'lub qilishdi va guruh bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. SHu tariqa yangi mavsum OCHL guruh bosqichida yurtimizning 4 jamoasi ishtirok etadigan bo'ldi.  

 OFK reglamentiga ko'ra guruh bosqichida jami 40 jamoa ishtirok etadi. Ular ikki g'arbiy va sharqiy hududga bo'lingan holda tasniflanadi. Bilasiz, O'zbekiston G'arbiy mintaqada joylashgan va asosan arab jamoalari bilan bellashadi. Mintaqadagi 20 klub egallagan reytingiga ko'ra savatchalarga ajratiladi. Bir savatchadan joy olgan jamoalar shuningdek bitta mamlakat sharafini himoya qilayotgan klublar guruh bosqichida o'zaro to'qnash kelishmaydi. Superliga chempioni birinchi savatchadan joy olgan bo'lsa, Kubok sohibi «Nasaf» ikkinchi savatchadan o'rin egallagan. Saralashdan o'tgan OKMK va «Navbahor» so'nggi to'rtinchi savatchadan joy olishdi.

Jamoalarimizning guruh bosqichidagi ehtimoliy raqiblari.

«Paxtakor»


«Nasaf»


«Navbahor»


OKMK

Eslatib o'taman qura tashlash jarayoni ertaga 24 avgust kuni Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda joylashgan OFK qarorgohida bo'lib o'tadi.

Jaloliddin Xalilov

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика