Ronaldu: "MYUga qaytganimdan faxrlanaman. Old Trafford - sehrli joy"
11 sen 2021 23:51
Yangiliklar


Ronaldu: "MYUga qaytganimdan faxrlanaman. Old Trafford - sehrli joy"
Krishtianu Ronaldu "Nyukasl"ga qarshi o'yinda debyut qildi.
"Manchester Yunayted" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Nyukasl" bilan o'yindan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Futbolchi birinchi o'yinning o'zidayoq dubl qayd etdi.
"Mening "Old Trafford"ga qaytganim, bu stadion nega "Orzular teatri" deb nom olganiga misol. Old Trafford - sehrli joy. Bu erda sen nima haqida o'ylasang shunga etishishing mumkin.
Jamoadoshlarim va ajoyib muxlislar qo'llab-quvvatlovi bilan biz oldinga o'zimizga ishonch ila intilamiz.
MYUga qaytganim va APLda yana o'ynash baxtiga muyassar bo'lganimdan faxrlanaman. Ammo, eng birinchi navbatda jamoaga yordam berishdan baxtliman!", -deb yozadi futbolchi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar