Ronaldu: "MYU "Yuventus"ni mag'lub etish uchun hech narsa qilmadi"
08 noy 2018 14:19
Yangiliklar
Ronaldu: "MYU "Yuventus"ni mag'lub etish uchun hech narsa qilmadi"
"CHempionlar ligasi - bu hisobda oldinda bo'lsang ham bo'shashish mumkin bo'lmagan o'zgacha turnir, chunki hamma narsa sodir bo'lishi mumkin. "Yuventus" butun o'yin davomida ustunlik qildi va ko'plab vaziyatlar yaratdi. Biz bahsni yakunlash uchun uch yoki to'rt imkoniyatga ega bo'ldik, ammo bo'shashdik va bizni jazolashdi.
"Manchester Yunayted" g'alaba qozonish uchun hech narsa qilmadi. Bunday holatda omad haqida xatto gapirmaslik lozim, chunki omadni topish kerak. Raqibga biz sovg'a berdik. Biz haqiqatdan ham yaxshi o'ynadik va avvalgidek guruhda etakchimiz.
Mening golim? Uni kiyinish xonasida ko'rdim. Gol payti u qanchalik fantastik ekanini tushunmadim. Yaxshi ochildim va to'pga kuchli zarba berdim. Goldan xursandman, ammo g'alaba qozona olmaganimiz meni xafa qildi.
CHempionlar ligasidagi g'alaba haqida gapirishga erta. Biz guruhda etakchimiz, jamoamiz kuchli, ammo finalgacha hali ancha bor. Klubdagi hamma ushbu sovrinni yutishni istaydi, biroq bu maqsad yo'lida qadamba-qadam harakatlanishimiz kerak" - deydi Ronaldu.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar